Bir guruh ijodkorlar Qashqadaryoda
Avval xabar berganimizdek, “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent shahrida yashab, ijod qilayotgan qashqadaryolik adabiyotshunos olimlar, shoirlar, yozuvchilar, jurnalist va san’atkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda.
Mana shunday uchrashuvlardan biri Qarshi davlat universitetida ham bo‘lib o‘tdi.
Oliy o‘quv yurtiga adabiyotshunos olim Nurboy Jabborov, yozuvchi Ne’mat Arslon, shoir Xolmamat Hasanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Jabbor Toshev, shoiralar Zilola Xo‘janiyozova, Gulbahor Jumayeva, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, shoira Gulinigor Avezova, taniqli xonanda Shuhrat Daryo, “O‘zbekiston tarixi” telekanali direktori Shuhrat Hayitov, “O‘zbekiston” telekanali siyosiy sharhlovchisi Inobat Normurodova va boshqalar tashrif buyurdi.
Universitet jamoasi, talaba-yoshlari ishtirokida kechgan jonli muloqot teran mulohazalarga, o‘zaro savol-javob va dilbar qo‘shiqlarga boy bo‘ldi. Ijodkorlar o‘zlari tug‘ilib o‘sgan azim voha bilan doimo faxrlanishini alohida ta’kidlashdi. Shoirlar ijodidan namunalar o‘qildi.
[gallery-17383]
Samimiy suhbatda yurt tuyg‘usi, vatanparvarlik, ilm-tarbiya mavzulari doirasida so‘z bordi.
Shuhrat Daryo ijrosidagi yoqimli qo‘shiqlar ijodiy uchrashuvga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),
O‘zA muxbirlari