Bir g‘azal matni to‘g‘risida mulohazalar
Anvar Voxidjon o‘g‘li JO‘RAEV magistrant Qarshi davlat universiteti Qarshi, O‘zbekiston
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Maqolada XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Xorazm adabiy muhitida ijod qilgan Roqimning “Xojamiz” radifli g‘azali manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy ob’ekti sifatida g‘azalning O.Qosimxo‘jayeva tomonidan devon asosida amalga oshirilgan 10 baytli tabdili hamda Roqim devonining asl qo‘lyozma nusxasida saqlangan 21 baytli varianti olingan. 10 baytli tabdilning g‘azalning to‘liq matni sifatida qabul qilinishi masalasi tanqidiy ko‘rib chiqilib, devonning asl nusxasida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha 11 bayt asarning kompozitsion va mazmuniy butunligini ta’minlovchi tarkibiy qism ekanligi asoslangan.
Tayanch so‘zlar: devon, qo‘lyozma, nashr, g‘azal, radif, bayt, nusxa, tabdil, matn butunligi, maqta’, taxallus, matniy tafovut.