Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra, joylarda inson qadri, uning huquq va manfaatlari yetakchi o‘rinda turadigan ijtimoiy davlat va xalqparvar jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan tarixiy ishlar, mehnatkash va bag‘rikeng xalqimizning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan natijalarning mazmun-mohiyati haqida mahallalar, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, “Nuroniy” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan xayrli tashabbusga qo‘l urildi. Xususan, nuroniylar va uyushmagan yoshlar ishtirokida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida nuroniylarning boy hayotiy tajribalarini umumlashtirish, o‘zaro suhbat asosida ushbu faoliyat samaradorligini oshirish yo‘llarini izlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Kogonlik va shofirkonlik nuroniylarning boy hayotiy tajribalarini umumlashtirish, o‘zaro suhbat asosida ushbu faoliyat samaradorligini oshirish yo‘llarini izlash maqsadida yuzdan ortiq kogonlik nuroniy va yoshlar Shofirkon tumanida bo‘ldi. 

Loyiha doirasida kogonlik nuroniylar va yoshlar hamda shofirkonlik keksa va yosh avlod vakillari yetti pirning ikkinchisi, ya’ni Xoja Muhammad Orif Revgariy Mohitobon qadamjosini ziyorat qildi. Taomilga ko‘ra, Qur’on tilovat qilindi. Mehmonlarga Xoja Muhammad Orif Revgariy Mohitobon va uning nomi bilan ataladigan majmuada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari haqida so‘zlab berildi.

Shofirkon tumanida joylashgan Xoja Orif Revgariy qadamjosida yaqinda qurilib, foydalanishga topshirilgan tuman tarixi va madaniyati muzeyi binosida 100 ga yaqin turli adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar jam bo‘lgan mo‘’jaz kutubxona ham tashkil etilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mahalliy aholi ham kutubxona fondini yanada boyitishga o‘z hissasini qo‘shayapti.

Shuningdek, yaqinda foydalanishga topshirilgan 3 qavatli 100 o‘rinli zamonaviy mehmonxona sayyohlar xizmatida. 

Klaster tuzish jarayonida innovatsion g‘oyalar, tashabbuslarning ham o‘rni beqiyos. Shundan kelib chiqib, “Buxoro Zarhal Teks” paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan bundan ikki yilcha muqaddam Jilvon cho‘liga tutash Mingchinor mahallasida “Mingchinor chevarlari” tikuvchilik korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. 

Umumiy qiymati 4 milliard so‘mlik mazkur loyiha bugun to‘la-to‘kis o‘zini oqladi, deyish mumkin. Chunonchi, ayni kunda bu yerda 100 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan band. Korxona tomonidan yiliga 1,2 million dona ekosumka ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar esa bozorgir.

Loyiha ishtirokchilari ushbu korxonada ham bo‘lib, undagi qizg‘in mehnat faoliyatini ko‘zdan kechirishdi. Bu yerda mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qilindi. Korxonaning istiqboli, yangi loyihalar yuzasidan suhbatlashildi. 

[gallery-18628]

Chekka hududlarda bunday ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi odamlarni ham ishli, ham daromadli qilish uchun katta ahamiyat kasb etayotgani, bu o‘z navbatida, Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning naqadar xalqchil ekanligi ifodasidir.

Keksalarga hurmat-ehtirom qadimiy qadriyatlarimiz sirasiga kirib, iymon-e’tiqodli, ixlosli va nuroniy keksalarning fazilatlaridan ibrat olish, ularning hayotiy tajribasini o‘rganishni millatimizning har bir vakili o‘zining burchi deb qaraydi va buni eng ulug‘ savobli ishlardan deb biladi.

Shu jihatdan ikki tuman nuroniylari va navqiron avlod vakillari ishtirokida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Keksalarning hayoti biz uchun ibrat” mavzuidagi uchrashuv o‘zaro tajriba almashinuv va yoshlarga ibrat uchun ahamiyatli bo‘ldi.

Xalqimizda “Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi”, degan naql bor. Kitob eng qimmatbaho boylik. U moddiyat va ma’naviyatning uyg‘unligini ta’minlab beruvchi, jamiyatning rivojlanishida asosiy kuchdir. Aslida, insoniyatning buyuk kashfiyoti ham kitob bo‘lgan. “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzuida ijodkor va yoshlar uchrashuvi va she’rxonlik tadbirida ayni jihatlar alohida tilga olindi.

Xalqimizning asrlar davomida yaratgan oltin xazinasi, milliy urf-odatlarimizni qayta tiklash va yoshlar ongiga singdirish bugungi kunning asosiy masalasiga aylandi.

“Milliy qadriyatlar va urf-odatlar – buvijonlar talqinida” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir zamirida ham ana shunday ezgu maqsad ustuvor bo‘ldi. Tadbirda so‘z olganlar urf-odatlarimizning sayqal topishida buvijon va onaxonlarning o‘rni beqiyos ekanligini, qadriyatlar borligi uchun ham o‘zbekona hayo va ibo asrlar davomida saqlanib kelinayotganligini misollar asosida tushuntirib o‘tishdi.

–Yoshlar jamiyatning eng katta va harakatchan qismi hisoblanadi. Ularning faolligini ta’minlashning yana bir muhim yo‘nalishi yoshlar ongida milliy urf-odat va an’analarni shakllantirishdir, –deydi Ro‘zigul Ashurova. –Milliy urf-odatlar hayotimizning har bir sohasiga singib ketgan bo‘lib, bu urf-odatlar bizning aynan qaysi xalq vakili ekanligimizni ko‘rsatib beradi. Shunday ekan, milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash, yosh avlodga o‘rgatish biz, keksa avlod vakillarining muqaddas burchimizdir. Sababi, azaliy qadriyatlar insonning ayniqsa, yoshlarning farovon hayot kechirishi, ma’naviy-axloqiy kamol topishida dasturilamal bo‘ladi.

Nuroniylar va yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan turli sport musobaqalari ham qizg‘in kechdi.

Albatta, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish millatimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlarni yanada yuksaltirish va qadrlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Loyiha doirasida ikki hudud keksa, o‘rta va yosh alod vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Muhtasham tantanalar saroyida bir piyola choy ustida kechgan tadbir davomida so‘zga chiqqan keksa avlod vakillari o‘rta va yosh avlodga o‘zlari ishlab o‘tgan davr muhiti, qiyinchiliklari, sharoitlari haqida so‘zlab berdi. Yangi O‘zbekistonda ishlash, tadbirkorlik qilish, o‘qish istagidagi har bir insonga yaratilayotgan imkoniyatlarga havas qilishi, ushbu imkoniyatlar qadriga yetish va ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida gapirdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan o‘rta avlod vakillari va yoshlar bu kabi tadbirlar ko‘plab tashkil qilinishi taklifini bildirib, yoshlarga keksa avlod vakillarining ibratli so‘zlari jonli maktab vazifasini o‘tashini ta’kidladi va o‘zlari erishgan yutuqlar, amalga oshirayotgan ishlar haqida so‘zladi.

O‘zaro muloqotlarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tajribasi asosida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tarbiyasi og‘ir, ma’naviy ko‘makka muhtoj yoshlar bilan yakka tartibda ishlash va uyushmagan, ishsiz yoshlarni o‘z qaramog‘iga olgan holda ularni kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlashga ko‘mak berish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Nuroniylar va yoshlar folklor jamoalarining chiqishlari esa uchrashuvga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”