Biometrik ovoz berish sinovdan o‘tkazilmoqda
“Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar”. Bu yilgi saylov jarayonlaridagi yana bir yangiliklardan biri hududlardagi ayrim saylov uchastkalarining ilk bor sinovdan o‘tkazilgan “DigID” (Digital Identifikation – raqamli identifikatsiya) qurilmalari bilan ta’minlanganidir. Xususan, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi 188-saylov uchastkalariga biometrik identifikatsiya qilish qurilmalari o‘rnatilgan. Bundan maqsad – ushbu qurilmalar yordamida nomzodlarga ovoz berishda saylovchilar ishtirokining xolisligiga erishish, jarayonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashdan iborat.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining 4 ta hududi – Farg‘ona shahridagi 681- va 742-, Uchko‘prik tumanidagi 212-, Oltiariq tumanidagi 885-saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiya qilinmoqda.