Dunyoda odamlarni o‘ziga jalb etib turadigan qiziqarli o‘yinlar ko‘p. Kimlardir shaxmatga, yana kimlardir narda o‘yiniga yoki ot sporti turlariga qiziqadi. Lekin ular orasida o‘z jozibasi bilan bilyard alohida ajralib turadi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda ushbu o‘yinga qiziqadiganlar yarim milliardga yaqinni tashkil etadi. Xo‘sh, bilyard qachon, qayerda paydo bo‘lgan? Uning qanaqa turlari mavjud? O‘zbekiston bilyard federatsiyasi raisi O‘tkir Komilov bilan shu kabi savollar xususida suhbatlashdik.

– O‘tkir Komilov, bilyard o‘yini qadim tarixga ega. Uning asl vatani qayer ekanligi aniqlanganmi?

– Ushbu qiziqarli o‘yinni aynan qayerda paydo bo‘lganligi to‘g‘risida turli qarashlar mavjud. Kimlardir uning paydo bo‘lish tarixini Xitoy yoki Hindiston bilan bog‘laydi, lekin bu isbotlanmagan. Faqat Yevropada chop etilgan ayrim tarixiy asarlarda bilyard ham shaxmat kabi tarixiy ildizlarga egaligi, uning vatani Osiyo bo‘lganligi taxmin qilingan. bugungi kunda bilyardning uchta yo‘nalishi mavjud. Bular Amerika qit’asida ommalashgan pul yo‘nalishi hamda rus bilyardi va snuker turi.

– Ushbu yo‘nalishlarning qaysi biri qadimiyroq hisoblanadi?

– Albatta, snuker yo‘nalishi qadimiyroq. Amerikadagi pul va rus bilyard o‘yinlari undan keyin paydo bo‘lgan. Tarixiy ma’lumotlarga e’tibor berilsa, bilyard Yevropaga XV asrda kirib kelgan. Oradan to‘rt asr o‘tib, Amerikada pul yo‘nalishi paydo bo‘lgan. Pul (pool room) so‘zi inglizcha bo‘lib, «xonada stavkalar qo‘yish» ma’nosini bildiradi. Rus bilyardi esa Yevropadan Rossiyaga kirib kelgan. bugungi kunda dunyoda Amerika va Rus bilyardiga qaraganda snuker yo‘nalishi ancha ommaviy.

– Bundan bir necha yil muqaddam bilyardni olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish harakati boshlangandi.

– Shunday. 2016 yildan e’tiboran Butunjahon professional bilyard va snuker assotsiatsiyasi (WPBS) va Butunjahon bilyard sport konfederatsiyasi hamkorlikda bilyardni olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun harakatni boshlashgan. "Tokio-2020" dasturiga kiritish rejalashtirilgandi. Amalga oshmay qoldi. Endilikda "Parij-2024" dasturiga kiritish rejalashtirilmoqda.

– "Parij-2024" o‘yinlarining sport yo‘nalishlari taqvimi tasdiqlanib bo‘lingan. O‘ylashimcha, 2024 yilgi o‘yinlar bilyardsiz o‘tadi. Agar kelajakda bilyardni olimpiya tizimiga kiritishga muvaffaq bo‘linsa, sportchilar qaysi yo‘nalishda olimpiadada bahslashadi.

– Albatta snuker yo‘nalishida. Chunki dunyoning 200 ta davlatida snuker ommalashgan. Shuningdek, shuncha davlatda tashkil etilgan bilyard federatsiyalari aynan Butunjahon professional bilyard va snuker assotsiatsiyasi (WPBS) a’zosi yoki a’zolikka da’vogar davlatlar hisoblanadi.

– Mamlakatimiz bilyard federatsiyasi WPBS a’zoligiga qabul qilinganmi?

– Bilasiz, yurtimizda 1991-1998 yillari bilyard ancha ommalashgandi. O‘zbekistonning istalgan go‘shasida bemalol bilyard o‘ynasa bo‘lardi. Zamonaviy bilyard asbob-uskunalari o‘rnatilgandi. Ammo 2000 yildan bilyard o‘yini ayrim sabablarga ko‘ra, ommaviy tarzda yopildi. Bunday yondashuv esa ko‘plab joylardagi bilyard zallarining yopilib ketishiga olib keldi. Shu sababli deyarli 19 yil mobaynida bilyard yopiq o‘yinlar sirasiga kirardi. Yurtimizda ko‘plab yo‘nalishlarda ochiqlik, oshkoralik, dunyo mamlakatlari bilan yaxshi hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi natijasida bilyard o‘yiniga ham yo‘l ochildi. 2019 yildan federatsiya faoliyatini qayta tikladik. Hozirda Xalqaro bilyard federatsiyasiga a’zo bo‘lish ishlarini olib boryapmiz. O‘rtada epidemiologik vaziyat tufayli faoliyatimiz biroz to‘xtagandi. Shunday bo‘lsa-da, o‘tgan yillar davomida yurtimiz bilyardchilari bir qator xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, xavfsizlik xizmati faxriy xodimlari o‘rtasida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston davlatlarida o‘tgan MDH chempionatida vakillarimiz doimiy tarzda sovrindor bo‘lib kelmoqda.

– bugungi kunda mamlakatimizda bilyard bilan shug‘ullanuvchilar soni qanchani tashkil etadi?

– Bundan 20 yillar muqaddam shug‘ullanuvchilar soni bo‘yicha ma’lumotlar tuplab borilardi. Hozirda aniq statistik ma’lumotlar yo‘q hisobi. Oltita viloyatda federatsiya bo‘limlarini tashkil etdik. Tashqi ishlar vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida ikki bor Toshkentda havaskorlar o‘rtasida Markaziy Osiyo ochiq chempionatini o‘tkazdik. Unda snuker bo‘yicha professionallar o‘rtasida jahon reytingida 89-o‘rinni egallab kelayotgan Angliya fuqarosi Xammad Miaxning qatnashganligi e’tiborli bo‘ldi. 

Ushbu sport turini yanada rivojlantirish maqsadida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tizimida Xitoy bilyardchilari bilan aloqa o‘rnatganmiz. Xitoyda bilyard sport turi juda ommalashgan. Ularning tajribasini o‘rgangan holda xalqaro maydonga chiqishni rejalashtirganmiz. Shu o‘rinda aytishim lozim, Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi bilyard klubi tashkil etildi. Ayni kunlarda uning faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarni ushbu yo‘nalishga jalb etish borasida ishlarni olib bormoqdamiz.

– Bilyard o‘yini kimlar uchundir tadbirkorlikning bir yo‘nalishi, yana kimlargadir qimor, ba’zilar uchun u san’at. Sizning-cha, bu qanday o‘yin turiga kiradi?

– Haqiqatan bilyardga hamma o‘z qobiliyatidan, qiziqishidan, dunyo qarashidan kelib chiqib baho beradi. Bu – chin ma’noda san’at, kerak bo‘lsa, matematika. Bilyard to‘g‘risida birinchi yozilgan kitob matematikaga oid bo‘lgan. Undagi har bir sharning harakatlanish tizimi hisob-kitoblar bilan ko‘rsatib berilgan. Bu o‘yin sport. U insonni mushohada yuritishga, harakatlar nuqtasini to‘g‘ri belgilashga, idrokni jamlashga o‘rgatadi. Bilyard bilan chinakamiga qiziqqan insonlar uning falsafasini anglaydi.

Yurtimizda boshqa sport va o‘yin yo‘nalishlari qatori bilyardga ham e’tibor qaratilayotganligi uchun avvalo davlatimizga, keng sport jamoatchiligiga O‘zbekiston bilyard federatsiyasi a’zolari, jonkuyarlari nomidan minnatdorlik bildiraman.

 – Samimiy suhbat uchun rahmat.

To‘lqin RO‘ZIEV suhbatlashdi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilyard sportmi yoki oddiy o‘yin turi?