Bilyard: Samarqandda davom etayotgan Jahon chempionatida hamyurtimiz yarim finalga chiqdi
Qadimiy va hamisha navqiron bo‘lgan Samarqand shahrida bilyard sport turining dinamik piramida yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionati o‘zining yuqori nuqtasiga tobora yaqinlashmoqda.
Jahon sayyohlarini hamisha ohanrabodek o‘ziga maftun etib kelayotgan Samarqandning “Silk Road Samarkand” xalqaro turistik markazida bilyard ishqibozlariga katta sport hayajonini tortiq etayotgan musobaqalarda 10 dan ziyod davlatning 150 nafar atrofidagi eng mahoratli bilyardchilari g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Bugun 26-aprel kuni jahon chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Yarim finalning birinchi juftligida rossiyalik Iosif Abramov qirg‘izistonlik Kalibek uulu Arsen bilan, ikkinchi juftlikda esa rossiyalik Nikita Volodin bilan bahs olib boradi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA