O‘zbekiston bilyard sporti federatsiyasida 2026 yili poytaxtimiz Toshkentda tashkil etilishi kutilayotgan jahon chempionatiga tayyorgarlik ishlari tahlil etildi.
Yig‘ilish davomida federatsiya raisi O‘tkir Komilov tomonidan joriy yilning 1 dekabriga qadar bilyard bo‘yicha hududiy birinchiliklarni o‘tkazish va shu asosda mamlakat chempionatini tashkil etish hamda jahon chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiladigan milliy terma jamoa tarkibini shakllantirish vazifasi belgilandi.
Muhokamalar jarayonida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun dunyoning turli davlatlaridan Toshkentga keladigan bilyard sporti ustalariga zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularni yurtimizning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish, birinchilik doirasida o‘tadigan tadbirlarni qamrab olgan holda alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish kabi qator masalalar tahlil etildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar ijrosi yuklandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA