Yuksak ma’naviyat haqida ko‘p eshitganmiz, takror-takror gapiramiz.

Yuksak ma’naviyat haqida ko‘p eshitganmiz, takror-takror gapiramiz. Bolalarimizni yuksak ma’naviyatli etib tarbiyalashimiz kerak, deymiz. Ha, faqat deymiz-u, ammo... natija masalasida muammoga duch kelamiz. Chunki bugungi globallashuv davri yoshlar tarbiyasi masalasini ham global muammoga aylantirdi. Buni hal qilish uchun har kim o‘zicha yo‘l tutmoqda.

Tarbiya borasida kimdir “Oldin moddiy hayot, keyin ma’naviyat” qabilida ish tutishni tanlagan bo‘lsa, yana kimdir bu masalani o‘z holiga tashlab qo‘ya qoldi. Oqibatda esa butun jahon miqyosida yoshlarning ma’naviy dunyosi salbiy tomonga o‘zgara boshladi. Juda ko‘plab mamlakatlar uchun ma’naviyat va uni asrash masalasi eng jiddiy, eng dolzarb muammoligicha qolmoqda.

Globallashuvning ta’sir doirasi shu qadar kengki, u qamrab olmagan biror-bir soha yoki yo‘nalish yo‘q. U hatto tarbiya masalasiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ilgari ham jismonan, ham ma’nan yetuk, salohiyatli avlodlarni yetishtirishga qodir bo‘lgan xalqlar ham bugun tarbiya masalasida, yoshlarning ma’naviy dunyosi masalasida jiddiy to‘siqlarga duch kelayapti. Chunki ular o‘zlari tanlagan yo‘ldan adashdi. Globallashuv adashtirdi ularni.

Xo‘sh, O‘zbekistonda bu masala qanday hal qilinmoqda? Mamlakatimizda ta’lim va tarbiya uyg‘unligi ta’minlanganmi?

Ha, bu masala huquqiy-me’yoriy jihatdan mustahkamlangan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirishga doir farmon va qarorlar uni mustahkamlagan. Biroq amalda qay darajada degan savolga javob berishimiz mushkul.

Ma’naviyat darajasini aniqlash mumkin...mi?

Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Bu aksioma. Uning har bir so‘zi tushunarli. Shunday bo‘lsa-da, bu haqda qisqacha to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik.

O‘zbek tilining izohli lug‘atida yuksak so‘zining ikkita: baland, yuqori, yuqori darajadagi, oliy kabi ma’nosi mavjud. Yuksak ma’naviyat birikmasida aynan ikkinchi ma’nosi nazarda tutilgan. Ya’ni yuqori darajadagi, oliy maqomdagi ma’naviyat degan ma’no anglashiladi. Demak, ma’naviyat insonda turli xil darajada bo‘lar ekan: past, o‘rta, yuqori. Bu darajani qanday aniqlash mumkin?

Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, xalq orasidagi “bama’ni odam”, “bema’ni odam” singari iboralar aslida ma’naviyat darajasiga berilgan bahodir. Ya’ni insonlardagi yaxshi fazilatlarning qanchalik ko‘p yoki kam ekanligi bilan ularning ma’naviyatlilik darajasi o‘lchanadi.

Insonning ma’naviyatini yemirib boradigan, fazilatlarning aksi, dushmani bo‘lgan narsa bu – illat (kasallik, dard; kamchilik, nuqson; sabab). Illatni zaxga, sho‘rga, zamburug‘ga o‘xshatish mumkin. Uning bittasi ham ko‘p. Chunki illat fazilatlarni yemirib boradi, pirovardida ma’naviy tanazzul yuzaga keladi.

Fazilatlar insonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. U tarbiyalash orqali orttiriladi. Agar bolaga biror-bir fazilat singdirilmasa, odob-axloq me’yorlariga amal qilishga, tartib-intizomli bo‘lishga o‘rgatilmasa, bu har ikki tomonning vaqtini zoe ketkazishdan boshqa narsa emas.

Farzandingizda qanday fazilatlarni tarbiyalayapsiz?

Xizmat yuzasidan mamlakatimizning turli hududlariga borganimizda ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, mahalla fuqarolar yig‘inlarining maslahatchilari bilan tarbiya haqida suhbatlashdik. Ularga “Bolangizda qanday fazilatlarni tarbiyalayapsiz?”, “Tarbiyaning qanday usullaridan foydalanasiz?” degan savollar bilan murojaat qildik. Afsuski, so‘ralganlardan birortasi bu savollarga jo‘yaliroq javob bera olmadi. Hatto ba’zi ota-onalardan o‘zlari biladigan fazilatlarni sanab berishlarini so‘raganimizda ular illatlarni ham fazilat qatoriga kiritganiga guvoh bo‘ldik. Ayrimlari esa 4-5 ta fazilatni aytish bilan kifoyalandi. Tarbiya bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan shaxslarning saviyasi shu bo‘lsa, ahvolni o‘zingiz tasavvur qilavering.

Nechta fazilatni bilasiz?

Xo‘sh, aslida tilimizda turli vaziyat va holatda u yoki bu hudud, qatlam, guruh, jamoa tomonidan tarbiya jarayonida ishlatiladigan fazilatlar soni nechta? Ularni siz sanab bera olasizmi? Qani boshladik: 1, 2, 3, 4, 5... 25, 26, 27... 75, 76, 77... 125, 126, 127...Ha? Davom ettiravering. Hali yarmiga ham yetib kelmadingiz. Mayli, siz birinchi respondent emassiz. Biz bu tadqiqotni mamlakatimizning turli hududlaridagi mehnat jamoalari, mahallalar va ta’lim muassasalarida o‘tkazib ko‘rdik. Masalan, Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Vobkent tumanlaridagi mahallalarning 100 dan ortiq mas’ul xodimi birgalikda jami 76 ta fazilatni sanab bera olgan bo‘lsa, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlaridagi mahallalarning 72 mas’uli jami 127 ta fazilatning ro‘yxatini shakllantira oldi.

Bu tadqiqot o‘qituvchilar o‘rtasida ham o‘tkazildi. Andijon viloyatining Asaka va Marhamat tumanlaridagi kollejlarning 120 nafarga yaqin o‘qituvchisini bir zalga yig‘ib, ularning har biridan 1 donadan fazilat nomini aytib berishini so‘radik. Ular 135 ta fazilat nomini birma-bir sanab o‘tdi. Toshkent shahridagi umumta’lim maktablaridan jamlangan 27 nafar o‘qituvchi bilan o‘tkazilgan tadqiqotimizda bu raqam 81 tani tashkil qildi.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da

Bizning nazariy tadqiqotlarimiz natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ma’nan yetuk – yuksak ma’naviyatli insonga xos bo‘lgan fazilatlar juda ko‘p. Biz ulardan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilganlarini topib, ro‘yxatini tuzdik. Natijada 260 ta fazilat ro‘yxati paydo bo‘ldi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, fazilatlarning aksariyat ma’no jihatdan bir-biriga yaqin – sinonimlardan iborat. Lekin, shunga qaramay, xalqimiz tomonidan ular turli o‘rinlarda turlicha qo‘llaniladi.

Yana bir jihat, fazilatlar ro‘yxatidagi so‘zlarning ayrimlari arab va boshqalari fors tillaridan kirib kelgan. Jumladan, 260 ta fazilatning 50 tasi (19,3 foizi) fors tilidagi, 130 tasi (50 foizi) esa arab tilidagi, 6 tasi (2,3 foizi) yunon va lotin tilidan olingan so‘zlar bilan ifodalangan. Demak, 74 tasi (28,2 foizi) turkiy tildagi so‘zlardir.

Shuni unutmaslik kerakki, fazilatlar asosida shaxsni yuksak ma’naviyat sohibi etib tarbiyalash bir yoki ikki yillik ish emas. Bu o‘n, yigirma, o‘ttiz yillik mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatni talab qiladi. Ana shu yillar davomida bolaga eng yaxshi fazilatlarni singdirib borish, uni yomon odat va ma’naviyatni yemiruvchi illatlardan himoya qilib borish zarur. Bu oson emas. Qolaversa, tarbiyachi tarbiyalanuvchiga nimanidir o‘rgatishdan avval o‘zi o‘sha narsani mukammal egallagan, qo‘yiladigan talablarga o‘zi to‘liq rioya etadigan bo‘lishi lozim.

700 yil avvalgi xulosa

Sohibqiron Amir Temur o‘zining “Temur tuzuklari”ga “Azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir”, degan xulosani muhrladi. Bu hikmat buyuk inson, sarkarda, davlat rahbarining bundan qariyb 700 yil oldin minglab odamlarni eng qiyin vaziyatlarda sinab ko‘rib, aytgan ma’naviy xulosasi edi. Chunki bilimi past odam ertaga o‘ziga, ma’naviyati past odam esa xalqi, vataniga zarar yetkazadi.

Biz Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev asarlarida bugungi zamonning komil insonlariga xos bo‘lgan 100 dan ortiq fazilat borligini aniqladik. Mana ular: yuksak salohiyatli; ma’naviy uyg‘oq; or-nomusli; sobitqadam; shijoatli; milliy qadriyatlarni biluvchi; tariximiz, madaniyatimiz, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur biluvchi; vatanga sodiq; milliy g‘ururli; yangicha fikrlovchi; jahon tarixi va madaniyati yutuqlarini chuqur o‘rgangan; mard; tashabbuskor; el-yurt tashvishini zimmasiga olgan; yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligiga daxldor; iymon-e’tiqodli; mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘iday himoyalovchi; saxiy; o‘z mustaqil fikriga ega; g‘oyaviy va mafkuraviy ta’sirlarga qarshi tura oladigan; erishgan yutuqlarimizni davom ettirishga qodir; mehnatsevar; tadbirkor va yangilikni tez ilg‘aydigan; g‘ayrat-shijoatli; irodali; qat’iyatli; sabot-matonatli; jasur; faol; zamonaviy; yuksak texnologiyalarni o‘zlashtirgan; sog‘lom turmush tarziga intiluvchi; ogoh va hushyor; yuqori malakali; mas’uliyatli; yetuk mutaxassis.

Shu fazilatlar bugungi yoshlarimizga xosmi, degan savolni mardona o‘rtaga tashlaylik. Javob: Ha! Chunki yon-atrofimizdagi shunday yigit- qizlar bor va ular talaygina. Demak, bizning ma’naviy yuksalib borishga imkonimiz, kuchimiz, salohiyatimiz bor.

Otabek BOZOROV,

O‘zMU tadqiqotchisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilimsiz o‘ziga, ma’naviyatsiz esa xalqi, vataniga zarar yetkazadi