Axborot texnologiyalari hayotimizning har bir jabhasiga jadal sur’atlarda kirib keldi. Ish jarayonlari, moliyaviy harakatlar, ijtimoiy muloqotlar, onlayn savdo – umuman har qanday elektron operatsiyalar orqali qimmatli vaqtimiz tejalmoqda.

Bu qulayliklar bilan birga axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning soni va xavfi ham ortib bormoqda. 

Bunday firibgarliklarning yangi shakllari – “fishing“ hujumlari, qalbaki veb-saytlar va zararli dasturlar orqali ma’lumot o‘g‘irlash keng tarqalmoqda. Ular shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish yoki moliyaviy zarar yetkazish uchun turli usullardan foydalanadi.

Mavzu yuzasidan Toshkent shahar IIB Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Сагдуллевнинг fikrlari bilan qiziqdik.

– Jinoyatlarning asosiy qismi insonlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarining yetishmasligi sababli sodir bo‘ladi. Masalan, so‘nggi paytlarda firibgarlar bank yoki boshqa ishonchli tashkilot nomi ostida elektron xatlar yoki SMS xabarlar yuborishmoqda. Ular shaxsiy ma’lumotlaringizni yoki karta rekvizitlaringizni berishingizni talab qiladi. Hatto bir bosqichli havolalar orqali qurilmangizga zararli dasturlar o‘rnatilishi ham mumkin.

Bu kabi aldovlar qurboniga aylanmaslik uchun oddiy qoidalarga amal qilish lozim.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qachon noma’lum shaxslar bilan bo‘lishmang. Bank yoki boshqa tashkilotlar hech qachon SMS yoki qo‘ng‘iroq orqali sizdan shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramaydi. Parollaringiz murakkab va turli belgilardan iborat bo‘lishi kerak. Har bir onlayn xizmat uchun alohida parollar yaratish tavsiya etiladi. Ikki bosqichli autentifikatsiya orqali shaxsiy hisoblaringizni yanada xavfsiz qilishingiz mumkin. Shuningdek, qurilmalaringizda zamonaviy antivirus dasturlari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Haqiqiy voqealar axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning ahamiyatini yanada yaqqol ko‘rsatadi. Bugungi kunda ko‘plab yurtdoshlarimiz turli xil noma’lum havolalarni bosib, plastik kartalari hisobidagi mablag‘larini osonlik bilan o‘g‘irlatmoqda. 

Bu havola orqali firibgarlar yurtdoshlarimizning qurilmalariga zararli dastur o‘rnatib, shaxsiy ma’lumotlarni ham qo‘lga kiritishmoqda. Bu kabi holatlardan saboq chiqarib, xavfsizlik qoidalariga amal qilish kiberjinoyat qurboniga aylanishdan saqlaydi.

Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda tuman IIO FMBlardan biriktirilgan xodimlar tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida kibermakonda sodir etiladigan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular orqali esa 74 ming nafarga yaqin aholi qamrab olindi.

Tashviqot va targ‘ibot tadbirlari doirasida jami 408 ming 960 ta turli shakldagi materiallar tarqatilib ogohlikka chorlandi.

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash kuchaytirilmoqda. Qonunchilik bazasi takomillashtirilib, internet foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish choralari ko‘rilmoqda. Bu kabi chora-tadbirlar esa fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilim insonni axborot texnologiyalari sohasidagi firibgarliklardan asraydi