Insoniyatning necha asrlik tamadduni yo‘lida oldinda mayoq bo‘lib turgan yagona o‘chmas chiroq bor, bu ham bo‘lsa ilm-fandir.

Bani bashar neki bemisl muvaffaqiyatlarga erishdi, neki olamshumul kashfiyotlarni yaratdi – barcha-barchasining zamirida ilm-fanga intilish va unga astoydil xizmat qilish yotadi.

Biz ilmni, fanni hurmat qiluvchi xalqmiz. Bejiz ajdodlarimiz bot va bot «Beshikdan qabrgacha ilm izla», «Ilmni Chinga borib bo‘lsa ham o‘rgan», «Ilm olmoq har bir muslim va muslima uchun farz» hikmatlarini takrorlab kelishmagan.

Prezidentimiz Shavkat  Mirziyoyev "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrik nutqida ta’kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham aynan ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

Xalqimiz naqadar dono. Ba’zan jahoniy ko‘lamga ega hikmatlar elimizning tildan-tilga o‘tib yuradigan oddiygina naqllarga jo bo‘ladi. E’tibor bering-a, «Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar», deydi millatdoshlarimiz.  

Darhaqiqat, shunday. Dunyo taraqqiyoti bu haqiqatni qayta-qayta isbot etmoqda. Bugun ancha toraygan, integratsiyalashgan, bor-yo‘q «salmog‘i Quvaning anoricha» ona sayyoramizda aynan ilm-fanga ixlos ila ruju qo‘ygan, uning sarhadsiz imkoniyatlaridan unumli foydalangan, eng sara, eng ehtiyoj katta yangiliklarini amaliyotga tatbiq eta olgan mamlakatlar peshqadam, rivojlangan deya e’tirof etilayotgan davlatlar qatorining oldingi o‘rinlarini egallab turibdi.  

Eng asosiysi, ilm-fan kashfiyotlari, inqilobiy yutuqlari bani basharga xizmat qilmoqda, uning og‘irini yengil etmoqda, insonning munosib hayot kechirishiga kamarbasta bo‘lmoqda.  

Shubhasiz, bu umumbashariy jarayon, taraqqiyot yo‘lidan O‘zbekistonimiz chetda qolishi mumkin emas. Zero biz bir emas, ikki marotaba Uyg‘onish davrining kashfiyotlariga, ma’naviy komilliklariga guvoh bo‘lgan sarhad farzandlarimiz. Axir oqqan daryo oqmasdan qolmas. Ne tongki, Yurtboshimiz, elimiz sa’y-harakatlari bilan ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevori bunyod etilmoqda. Bu poydevorning asosiy o‘zagi, ustunlaridan biri esa, shubhasiz, ilm-fandir.

Hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz, so‘nggi to‘rt yil mobaynida O‘zbekistonimizda ilm-fanga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga keskin o‘zgardi. Ilm-fan yana qaytadan avvalgi mavqeiga ega bo‘lmoqda, hayotimizda ustuvorlik kasb etmoqda.

Dolg‘ali, fan-texnika yutuqlari misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni egallagan yigirma birinchi asrning talablarini, ehtiyojlarini chuqur anglagan Davlatimiz rahbari mana shu ezgu jarayon yanada kuchayishi, ilm-fan hayotimizning, taraqqiyotimizning ajralmas uzviy qismiga aylanishi, bunday yuksak darajadagi e’tibor va g‘amxo‘rlikning samaralari tezda va ko‘lamdor tarzda o‘zini namoyon etishi uchun barcha imkoniyat va sa’y-harakatlarini ishga solmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni mana shu e’tiborning yana bir bor amalda ifoda bo‘lishidir. E’lon qilingan Farmon eng avvalo, ilmning najotkor, xaloskor kuch, jami muammolarning kaliti ekanligiga  dalolatdir. Ayni paytda,  ilm Uchinchi Renesansga kirishayotgan millatimiz uchun ham juda katta ahamiyatga ega.

Mazkur Farmonning hammamiz uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan har bir bandi haqida uzoq mulohaza yuritishimiz mumkin. Zero, Farmonda ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini, ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash, yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlar tayyorlash hamda ularni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, ilm-fanni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini yaratish, ilm-fan taraqqiyotiga ko‘maklashuvchi zamonaviy axborot muhitini shakllantirish singari bugungi davrimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan masalalarning eng optimal yechimlari qamrab olingan.

Bizni mamnun etgan yana bir jihat shu bo‘ldiki, Farmon g‘oyalari O‘zbekiston «Adolat» SDP g‘oyalariga hamohang. Zero, partiyamizning Saylovoldi dasturida ilm-fanga alohida e’tibor qaratilib, jumladan shunday deyilgan: “Ilmlilik – saodatdir, ilmsizlik – musibat! Biz kuchli ijtimoiy siyosatni mamlakatimizning kelajagi buyuk bo‘lishini ta’minlovchi inson kapitaliga qaratamiz. Ta’limga investitsiya kiritish bu – kelajakka sarmoya kiritish, xalq farovonligi, davlatning raqobatdoshligini ta’minlovchi omildir”.

Shubhasiz, Prezidentimizning o‘z vaqtida qabul qilgan dolzarb farmoni butun «Adolat»chilarning kelgusi faoliyatiga yorqin dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Zero, Farmonda ta’kidlanganidek, ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish va istiqbolda uning muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilmiy-tadqiqot muassasalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga jadal tatbiq qilishni rivojlantirish Prezidentimiz ilgari surayotgan ustuvor g‘oyalardan biri – xalqni rozi qilish, uni farovonlikka olib chiqish yo‘lidagi tinimsiz izlanishlarning in’ikosidir.

 Abdukamol Rahmonov,

O‘zbekiston «Adolat» SDP

Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar yoki eng optimal yechimlar qamrab olingan farmon