Beyhan Şan: "Özbekistonga bormasdan turib, turkiylar tarixini töliq anglaş qiyin"
Özbekiston va Turkiya örtasidagi strategik şeriklik taʼlim, ilm-fan hamda madaniyat sohalaridagi aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqmoqda. Ikki mamlakat oliygohlari örtasidagi hamkorlik, ilmiy tajriba almaşinuvi va qöşma tadqiqotlar umumiy tarixiy merosimizni çuqur örganiş uçun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Ayniqsa, Turkiyada Özbekistonning boy tarixi, qadimiy şaharlari va buyuk allomalari merosiga qiziqiş juda yuqori.
Hozirda Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida ilmiy izlaniş olib borayotgan turkiyalik tarix fanlari böyiça falsafa doktori Beyhan Şan Özbekistonning boy tarixiy merosi va unga bölgan qiziqiş haqida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

– Özbekistonga qiziqişim ançadan buyon bor, – deydi Beyhan Şan. – Çunki özim tarixçiman. Universitetda tahsil olgan kezlarimda ustozlarimiz “Özbekistonga bormasdan turib, turkiylar tarixini töliq biliş mumkin emas”, deb köp taʼkidlaşardi. Bu gaplar menda mamlakatingizga bölgan qiziqişni yanada kuçaytirgan.
Olima Turkiyaning taniqli tarixçisi, professor Ilber Ortaylining Özbekiston haqidagi fikrlarini ham yodga oldi.
– Ilber Ortayli yoşlarga dunyo kezişni, turli xalqlar tarixi va madaniyatini örganişni tavsiya qiladi. Uning “Agar hayotingizda faqat bitta şaharga boriş imkoniyatingiz bölsa, öşa şahar Samarqand bölsin”, degan sözlari menga qattiq taʼsir qilgan. Şundan ham tarixçilar uçun Özbekiston qançalik muhim ekanini bilsa böladi.
Uning taʼkidlaşiça, turkiyalik tarixçilarning yurtimizga qiziqişi avvaldan yuqori bölgan. Sönggi yillarda esa mamlakatga kelayotgan olimlar soni yanada köpaygan.
– Ilgari Özbekistonga safar qiliş qiyin va qimmat edi. Hozir ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar rivojlanişi natijasida safarlar ança qulay va arzonlaşdi. Bu esa tarixçilarga Özbekistonning boy merosini bevosita örganiş uçun keng imkoniyat yaratmoqda.
Özbekistonda bölib, uning tarixiy şaharlarini öz közi bilan körgan olimga Turkiyadagi hamkasblarim özgaça hurmat bilan qaraşadi. Men ham ilk bor bu yerga kelganimda Buxoro, Samarqand va Xorazm safari taassurotlarini ustozlarim, hamkasblarim va talabalarim bilan örtoqlaşganman. Ular hikoyalarimni katta qiziqiş va diqqat bilan tinglaşgan. Hozir ham telefon orqali suhbatlaşganimizda “Bizga ham Özbekistonga boriş nasib qilsin”, deb qöyişadi. Bu Özbekistonning tarixiy merosiga Turkiyada qiziqiş naqadar katta ekanini körsatadi, – deydi olima.
ÖzA muxbiri
Dilşod HAKIMOV
suhbatlaşdi.