Betonlangan daraxtlar betondan “xalos etildi”
Yashillikni asrab-avaylash, daraxt va butalarga ziyon yetkazmaslik bugungi ekologik vaziyatda eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Zero, atrof tabiiy muhit musaffoligini saqlashda daraxtlar, yashil maydonlarning o‘rni muhim.
Bugun har birimiz o‘z hayotimizda, ko‘z o‘ngimizda turli ekologik muammolar bilan duch kelmoqdamiz. Shu bois ham insonlar ekologiya bilan bog‘liq global muammoni, uning mohiyatini chuqur anglay boshladi, ekologik madaniyati tobora ortib bormoqda.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani “Ittifoq” mahallasi hududida daraxtlarning osti betonlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi va bu muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkiloti tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari jalb etilib, daraxtlar ostki qismi betonlardan tozalandi.
Muhtarama Komilova, O‘zA