Beshariqda zamonaviy suzish havzasi
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida zamonaviy yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi. 120 o‘ringa mo‘ljallangan majmuada barcha qulaylik yaratilgan.
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida zamonaviy yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi. 120 o‘ringa mo‘ljallangan majmuada barcha qulaylik yaratilgan.Inshootning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Suzish sport turi insonning umurtqa pog‘onasini mustahkamlash, salomatligini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qon tomirlari tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, organizmda qat’iy immunitet hosil qilish orqali mavsumiy kasalliklarning oldini olishga ko‘maklashadi.
Bu omillarning barchasi mamlakatimizda ushbu sport turiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan 2 milliard 380 million so‘m mablag‘ sarflangan majmua qishloq yoshlari uchun munosib tuhfa bo‘ldi. Ayni paytda tumanda 23 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.