Besh yillik islohotlar natijalari (onlayn)
Ayni paytda poytaxtimizda Adliya vazirligi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida "O‘zbekiston: besh yillik jadal islohotlar" mavzusida xalqaro anjuman ish boshladi.
Anjumanda Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida bajarilgan ishlar, barcha sohalarda ro‘yobga chiqarilgan islohotlarning mohiyati va ahamiyati muhokama etilmokda. Shuningdek, tub o‘zgarishlar — fuqarolarimiz hayotida va xalqaro hamjamiyat nigohida nechog‘li samara bergani aniq misollar asosida tahlil qilinib, milliy va xorijiy ekspertlarning bu borada bergan baholarini ko‘rib chiqish nazarda tutilgan.
Anjumanda xalqaro tashkilot va tuzilmalardan ekspertlar, parlament a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda. Anjuman ishi davom etmoqda.
Muhtarama Komilova, O‘zA