Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni sportga keng jalb qilish, paralimpiada sport turlarini yanada ommalashtirish, havaskor para sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida mahallalarda istiqomat qilayotgan nogironligi bor yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Andijon viloyati sport boshqarmasi, viloyat paralimpiada federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida “Besh tashabbus paralimpiadasi” o‘tkazildi. Viloyat bosqichi musobaqalarida barcha sport turlari bo‘yicha tuman, shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 416 nafar yoshlar o‘zaro bahs olib bordi. 

[gallery-23428]

Musobaqalarda 18 va undan katta yoshdagi imkoniyati cheklangan yoshlar para yengil atletika (ikki yo‘nalishda), para badminton, para stol tennisi, para armrestling, para shaxmat, para shashka, umuman,  sportning 13 ta turi bo‘yicha  ishtirok etib, o‘zlarining kuch, iqtidor va salohiyatlarini namoyon etdi.

– Yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tgan “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqalari nogironligi bo‘lgan yoshlarni jamiyatning faol a’zosiga aylanishiga, sport bilan shug‘ullanish orqali hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam bermoqda, – deydi O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari Oybek Isoqov. – Qolaversa, paralimpiada sport turlarining keng ommalashishi va rivojlanishi milliy paralimpiya jamoamiz uchun zaxira sportchilar tayyorlashga ham xizmat qiladi. 

Joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqaning tuman, shahar bosqichlarida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 6 ming 99 nafar  jismoniy imkoniyati cheklangan yosh ishtirok etdi.

Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, 26 nafar ishtirokchi g‘olib deb topilib, respublika bosqichida qatnashish uchun yo‘llanma oldi. 

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning viloyat bosqichi yakunlandi