“Beş taşabbus olimpiadasi”ning eng çaqqon talabalari aniqlandi
Termiz davlat universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi böyiça Surxondaryo viloyat bosqiçi bölib ötdi.
Unda oltita oliy taʼlim muassasasining saralaş bosqiçlarida ğolib bölgan talabalar iştirok etib, özaro bellaşdi.

Çaqqon va çidamlilik namoyiş etilgan musobaqa nafaqat soğlom turmuş tarzini, balki döstlik va bahamjihatlikni ham keng tarğib qildi.

Qiziqarli lahzalarga boy bölgan musobaqa yakunida Termiz davlat universiteti faxrli birinçi örinni qölga kiritdi. Ikkinçi va uçinçi örinlar Termiz davlat pedagogika instituti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga nasib etdi.

Ğoliblar diplom va esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri