O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Sport boshqarmasi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida sportning voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi hamda mini futbol turlari bo‘yicha “Kasaba uyushmasi kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘qituvchilarning jismoniy faolligini oshirish, ta’lim muassasalari xodimlarini sportga keng jalb qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada erkaklar va ayollar jamoalari ishtirok etdi.

– Mazkur musobaqaning viloyat bosqichida umumta’lim maktablarining 320 nafarga yaqin o‘qituvchisi ishtirok etayotgani joylarda jismoniy tarbiya va sportning yanada ommalashib borayotganidan dalolat beradi, – deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi Nazira Tog‘ayeva. – Musobaqalarning viloyat bosqichi murosasiz va qiziqarli o‘tdi. Ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida o‘tgan voleybol bellashuvlari ko‘tarinki ruhda va taassurotlarga boy bo‘ldi.

Musobaqa so‘nggida barcha g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi”da o‘qituvchilar bellashdi