An’anaviy tarzda tashkil etilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2023 yil ikkinchi mavsumida ishtirok etish uchun bugungacha jami 5 million 555 ming 239 nafar o‘g‘il-qiz 5tashabbus.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tgan tadbirda “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti, O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi nodavlat notijorat tashkiloti, “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarini tashkil etish va o‘tkazishga mas’ullar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, olimpiadaning ushbu mavsumini joriy yil sentyabr-dekabr oylarida tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, yoshlar bevosita mazkur olimpiada doirasida san’at-madaniyat, sport, kitobxonlik va intellektual o‘yin va tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-7TQMzhWGuU" title="Besh tashabbus olimpiadasi – yoshlarni birlashtirishda muhim omil" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA muxbirining “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari uchun qanday yangi loyihalarga qo‘l urilmoqda?” degan savoliga Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova shunday javob berdi:
-Mahalla yoshlari uchun san’at va madaniyatni targ‘ib qilishga qaratilgan “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” respublika tanlovi, sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan voleybol, kurash, gimnastrada bo‘yicha respublika sport musobaqalari, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish uchun “Yosh kitobxon” tanlovi, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga mutasaddilar tomonidan javob berildi.
O‘tkir Alimov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA