“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarni birlashtirdi
Buxoro davlat universiteti sport o‘yingohida “5 tashabbus olimpiadasi” musobaqasining respublika final bosqichi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Hududlar sharafini final bosqichida himoya qiladigan jamoalar ko‘hna va boqiy Buxoroga jamlandi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari va Buxoro davlat universiteti rektori O. Hamidov barcha oliy ta’lim muassasalari jamoalarini respublika bosqichiga yetib kelganligi bilan muborakbod etib, jamoalarga omad tiladi.
Olimpiada doirasida 576 nafar qatnashchi kutib olindi. Ulardan 30 nafari hakam, 14 nafari jamoa rahbari, 42 nafari murabbiy va 490 nafari talaba (shundan 196 nafari qizlar).
[gallery-14393]
Musobaqaning ochilish va taqdirlash marosimlari tantanali ravishda tashkil etiladi. Ularda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, sport ustalari hamda talabalar qatnashadi.
Ma’lumot uchun, musobaqa 3 – 4 noyabr kunlari sportning voleybol, mini-futbol, yengil atletika, stritbol va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Taqdirlash marosimi esa 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.