Bundan besh oy muqaddam poytaxtimizdagi «Universal» sport saroyida «Besh tashabbus olimpiadasi»ning 2024 yilgi mavsumiga rasman start berilgandi. Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab mahalla yoshlari o‘rtasida 26 ta sport musobaqalari va tanlovlari tizimli tarzda o‘tkazilmoqda.

Aholini, ayniqsa, barkamol avlod vakillarini ommaviy sportga keng jalb etish va iste’dodli yoshlarni kashf qilish maqsadida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida bu yilgi mavsumda madaniyat va san’at yo‘nalishida «Bo‘zatov yoshlar ovozi» va «Yosh musavvir», sport yo‘nalishida yengil atletika, stol tennisi, mini-futbol, futbol, armrestling, voleybol, stritbol, kurash, shashka, shaxmat, gimnastrada va «Besh tashabbus paralimpiadasi» bahslari tashkil etilmoqda.  

Shuningdek, kompyuter texnologiyalari va IT yo‘nalishida kibersport, kitobxonlik va intellektual o‘yinlar yo‘nalishida «Yosh kitobxon», «Yosh kitobxon oila», «Mushoira», «Zakovat», «Ibrat» chet tillari, kasblar tanlovi yo‘nalishida novvoychilik, yosh quruvchi, dizaynerlik va payvand ustasi kabi tanlov va sport musobaqalari orqali mahoratlilar saralanmoqda.  

Kuni kecha mahalla yoshlari o‘rtasidagi «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sportning gimnastrada turi bo‘yicha musobaqalarning birinchi bosqichi yakunlandi. Sport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 260 ming 660 nafar 14-30 yoshdagi sportchi yoshlar mahallalar tizimidagi gimnastrada musobaqalarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazdi.  

O‘tkazilgan gimnastrada musobaqalari va ishtirokchilar soni sarhisobiga ko‘ra, hududlardagi mahallalar kesimida Farg‘ona viloyati 36 ming 555 nafar, Namangan viloyati 29 ming 281 nafar va Samarqand viloyati 26 ming 273 nafar yoshlarni qamrab olgan holda kuchli uchtalikni egalladi. Gimnastradaning hududiy bosqich musobaqalari sentyabrda, respublika final bosqichi esa oktyabr oyida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.  

Ayni kunlarda poytaxtimizda «Besh tashabbus olimpiadasi» tizimida DXX kubogi uchun futbol va mini-futbol bo‘yicha o‘tayotgan respublika bosqichida 42 ta jamoa qatnashayotgan bo‘lsa, ushbu sport turlaridagi qamrov mamlakatimizdagi 208 ta tuman va shahardagi 19 ming 698 ta mahalla futbol jamoalaridagi 251 ming 502 nafarni tashkil etdi. Kurash bo‘yicha «Bosh prokuror kubogi»da 483 mingdan ortiq, voleybol bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi"da mamlakatimizdagi 739 ming nafardan ortiq mahallaning navqiron avlod vakillarini sog‘lom turmush tarzi bilan oshno etayotgani bir tarafu, ular orasidan mahoratli sportchilarni tanlash, saralash va yo‘naltirish alohida ahamiyatga ega.  

Shu o‘rinda aytish lozim, bugun, 21 avgustdan e’tiboran «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasidagi «Bosh prokuror kubogi» musobaqasining sektor bosqich musobaqalari boshlandi. 25 avgustga qadar davom etadigan bellashuvlar nafaqat sportchilar, balki ixlosmandlarga katta sport bayramini tuhfa etishi bilan qadrlidir.  

Iste’dodlarni kashf etish maydoni bo‘lgan «Besh tashabbus olimpiadasi»ning qiziqarli musobaqalari mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari arafasida va uning tegrasidagi bayram oldi tadbirlari bilan vobasta kechayotganida ham o‘ziga xos uyqashlik bor, nazarimizda. Zero, ezgu niyatu xayrli amallar ulug‘ orzularga qanot bag‘ishlaydi, hamisha yaxshiliklarni, yuksalishlarni boshlab kelaveradi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Besh tashabbus olimpiadasi» – iste’dodlarni kashf etish maydoni