Davlat rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda yosh avlodni ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha beshta muhim tashabbus doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har yili an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berildi. Millionlab yoshlarni o‘z atrofiga birlashtirib kelayotgan mazkur sport musobaqalari tashkilotchilar tomonidan joriy yilda ham yuqori saviyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
[gallery-21776]
– Buxoroda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, viloyat Sport boshqarmasi rahbarlari, talaba va ko‘ngilli yoshlar, sportchilar ishtirok etdi. Loyiha doirasida viloyatning 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga futbol, basketbol, gandbol, voleybol to‘plari har bir mahalla uchun 7 tadan yetkazib berildi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Rahmonov.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari