"Renessans" kino uyida «Kino 5 kunda» xalqaro yoshlar tanlovining boshlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur ijodiy loyiha "Ipak yo‘li durdonasi" XV Toshkent Xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tanlovning ahamiyati, o‘tkazilish tartibi hamda ishtirok etuvchi mamlakatlar vakillari haqida so‘z yuritildi.

Besh kunda kino olish mumkinmi? Mana bir necha yildirki, bu savolga "Kino 5 kunda" xalqaro ijodiy tanlovi orqali ijobiy javob olinmoqda. MDH davlatlarining yosh kino ijodkorlari o‘ziga xos yondashuv, yoshlikka xos tezkorlik va jo‘shqinlik, ijod zavqi bilan yurtimiz haqida betakror filmlarni suratga olmoqda.

Aytish kerakki, bu yilgi "Kino 5 kunda" xalqaro yoshlar tanlovi "O‘zbekiston -- mening orzuim" shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Unda MDH davlatlaridan kelgan yosh rejissyorlar O‘zbekistonning tarixiy manzillari, jumladan, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlarda bo‘lib, yurtimiz haqida qisqa metrajli filmlarni tasvirga oladi.

Tanlov ishtirokchilari besh kun davomida filmlarni suratga oladi va shu orqali iqtidorli yosh rejissyorlar saralanadi.

Tadbirda katta ekranda avvalgi tanlovlarning yorqin lahzalari hamda bu yilgi maqsadlar haqidagi videolavhalar qo‘yildi. 

Matbuot anjumani davomida hakamlar hay’ati a’zosi Ali Hamroyev va belaruslik kinoprodyuser Vladimir Karachevskiy va boshqalar so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Anjumanda ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga batafsil javob qaytarildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Besh kunda kino olish mumkinmi?