Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani dehqonlari har yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birinchilardan bo‘lib yetishtiradi. Hudud ayniqsa, ertapishar qovuni bilan mashhur.

Iqlim va tuproq sharoiti mahsulot yetishtirish uchun qulay bo‘lgan tumanning  “Besarang” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mirishkorlar poliz mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazib berishni boshladi.

Besarang mahallasida 754 xonadon bo‘lib, shundan 355 tasida qovun yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilda besarangliklar 40 gektar yer maydoniga eksportbop qovun navlarini ekkan.

[gallery-17395]

Mahallaning tajribali dehqoni Ma’murjon Bakirov 30 sotix yerda oila a’zolari bilan qovunning ertapishar navini ekib parvarishlamoqda. O‘tgan yili 40 million so‘m daromad topdi. Bu yil bundanda ko‘p foydani ko‘zlagan. Qovun hosilini yig‘ishtirib olgandan so‘ng tomorqa maydoniga karam ekiladi.    

Ayni kunda dehqonning polizida ertapishar qovun hosilini yig‘ish boshlangan.

Mahalla raisi Dilmurod Qosimovning aytishicha, ayni paytda mingdan ortiq oilaning aksariyati o‘z tomorqasida qovun parvarishlamoqda.  Innovatsion yondashuv tufayli aholi tomorqalarida issiqxonalar tashkil etilib, intensiv usulda qovun yetishtirish yaxshi daromad manbaiga aylandi. Besarang qovuni nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki qo‘shni respublikalarda ham mashhur. Shu bois ekologik toza mahsulot MDH davlatlariga ham eksport qilinmoqda.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/5l1TFKzcH0c" title="BESARANGLIKLAR  ERTA PISHAR  QOVUN  HOSILINI  YIGʻIB  OLISHNI BOSHLADILAR" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Besarangliklar ertapishar qovun hosilini yig‘ib olishni boshladi (video)