Oʻzbekiston jurnalistlarini qayta tayyorlash markazida hozirgi kunda dolzarb hisoblangan mazkur masala yuzasidan xorijiy va mahalliy ekspert, jurnalistlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Barcha uchun murakkab bir vaziyat – pademiya davrida ommaviy axborot vositalari vakillari axborotning qadr-qiymati haqida qanday fikrda? Zamonaviy axborot maydonida feyklarning oʻrni qanday?

“Feyk yangiliklar uzoq vaqtdan beri davom etayotgan stereotiplarni yana-da jonlantirib, jamoatchilikda notoʻgʻri fikrini shakllanishiga taʼsir qilmoqda. Feyk yoki yolgʻon xabarlar, afsuski, zamonaviy hayotning bir qismiga aylanib ulgurdi. Ularning tan olinishiga esa jamiyatda bu kabi xabarlar, dunyoviy fitnalar, turli sensatsiyalarga talab borligi bilan ham xarakterlidir. Zamonaviy ommaviy axborot vositalaridan nafratlanmaydigan jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish haqida koʻp gapirish mumkin. Bir narsa aniq: olamshumul ”sensatsiyalar“ auditoriyada ”axborot ochligini“ keltirib chiqaradi. Men bu kabi auditoriyaning ”sovuq bosh" funksiyasini yoqishlarini va uni dezinformatsiya bilan ifloslantirmaslikni istardim. Tanqidiy fikrlash va skeptitsizm bilan toʻyingan sogʻlom OAV adadidagi maʼlumot bilan toʻyinishini xohlardim”, deydi Oʻzbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi media treneri, jurnalist Beruniy Alimov.

Davra suhbatida qatnashgan xorijiy media-ekspert Piter de Tua ongli ravishda yolgʻon maʼlumot tarqatishni demokratiya uchun tahdid deb, baholamoqda.

“Qachonki insonlar ommaviy axborot vositalarida ongli ravishda yolgʻon axborotlarni tarqatsa, ular demokratik jarayonlarga putur yetkazayotgan boʻladilar. Soxta yangiliklar atayin tarqatilganda shunday bir vaziyat yuzaga keladiki, endilikda odamlar kimga yoki nimaga ishonish yoki ishonmaslikni bilmay qolishadi. Bu shunga olib kelishi mumkinki, jurnalistlar muhim haqiqatlarni ochib beradigan chuqur izlanishlarni olib borsalar ham, auditoriya alaloqibat kimga ishonishini bilmay qoladi. 

Bu ommaviy axborot vositalarining nazoratchi sifatidagi roliga taʼsir koʻrsatadi va oʻz navbatida, demokratik davlatlarda jamoatchilikning axboriy xabardorligini taʼminlashda jiddiy oqibatlarga olib keladi. Shuningdek, inson huquqlari borasida ham shuni aytish mumkin. Shu bilan birga, agar auditoriya haqiqiy va soxta akkauntlarni ajrata olmasa, jamoatchilik nazorati salohiyati zaiflashadi”, deydi media-ekspert Piter de Tua.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beruniy Alimov: “Olamshumul sensatsiyalar“ jamiyatda ”axborot ochligini keltirib chiqaradi”
Жамият
19:07 / 24:09:2020