Berdimurodov Mansur Alisherovichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Kriptoanaliz masalalarini yechishning mantiqiy usullari” mavzusida
Berdimurodov Mansur Alisherovichning 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi ixtisosligi bo‘yicha “Kriptoanaliz masalalarini yechishning mantiqiy usullari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 14-aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi 4-uy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Matematika fakulteti binosi, 2-qavat, 221-xona.
Tel.: (99871) 246-02-24; faks: (99871) 246-02-24;
ye-mail: devonxona@nuu.uz