Bemorlarning poytaxtga borishiga hojat qolmadi
Qashqadaryodagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Viloyatda shu kunga qadar prostata bezi adenomasi xastaligi bilan og‘rigan bemorlar xususiy klinikalar yoki poytaxtdagi shifoxonalarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishar edi. Endilikda bunday bemorlar viloyatning o‘zida davolanishi mumkin.
Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida urologiya bo‘limiga rezektoskop apparati xarid qilinib, ushbu apparat va endoskopik stoykasi yordamida markazda “Transuretral rezeksiya Adenoma” jarrohlik amaliyotini o‘tkazish yulga qo‘yildi. Joriy yil 29 sentyabr kuni birinchi jarrohlik amaliyoti bajarildi va amaliyot muvaffaqiyatli o‘tdi.

– Markazdagi urologiya bo‘limida yuqori texnologik operatsiyalarni yo‘lga qo‘yish bosqichma bosqich amalga oshirib kelinmoqda, – deydi urologiya bo‘limi boshlig‘i Orif Qosimov.
– Bo‘limga Germaniyaning “Karl Shtorz” firmasining laparoskopiya operatsiyalari uchun video ustun olib kelinib laparaskopiya operatsiyalari yo‘lga qo‘yilgan edi.
Shu video ustunga yaqinda Germaniyadan “Trans uretral rezeksiya adenoma prostata” operatsiyasi uchun “Reziktoskop jamlanma” jihozi xarid qilindi. Hozirda yuqori texnologik endourologik “Trans uretral rezeksiya adenoma prostata” operatsiyasi yo‘lga qo‘yildi.
Bu orqali hozirda xususiy klinikalarda yoki Toshkent shahrida operatsiya qildirishga muhtoj bo‘lgan “Prostata bezi adenomasi” xastaligi bilan og‘rigan bemorlarga bo‘limning o‘zida yuqori texnologik yordam ko‘rsatilmoqda. Kelajakda markazimizda bemorlar uchun Respublika miqyosida bajariladigan boshqa jarrohlik amaliyotlarini ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA