Bemor bolalar va fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va jarrohlik amaliyotlari bilan qamrab olindi
Prezidentimizning «Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida minglab fuqarolar, xususan, bemor bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va murakkab jarrohlik amaliyotlari bilan qamrab olinmoqda.
Ushbu xayrli tashabbus doirasida 1508 nafar bemor bola shifoxonalarga yotqizildi. Ularning 865 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarildi.
SSV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, onkologik, gematologik va onkogematologik tashxis qo‘yilgan 545 nafar bemor ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga joylashtirildi. Hozirga qadar ularning 87 nafarida murakkab jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi.
Og‘ir kechayotgan xastaliklardan aziyat chekayotgan 66 nafar fuqaro shifoxonalarga yotqizildi. Malakali mutaxassislar tomonidan ularning 13 nafarida jigar va buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha murakkab amaliyotlar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bemorlar holidan xabar olish va ularga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish orqali inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilayotir.
Mohigul Qosimova,
O‘zA