Bellingem Mourinyoga: «Barcha futbolchilar maydonda siz uchun jon berishga tayyor»
Madrid klubi futbolchilari aynan Mourinyoni «Real»ni yana yuqori cho‘qqiga olib chiqishga qodir murabbiy deb hisoblamoqda.
Madridning «Real» klubi La Liga 1-turidan qoldirilgan uchrashuvda «Real Sosyedad»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ignasio Sanches ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Jud Bellingemni shaxsan tabriklagan. Angliyalik futbolchi ushbu bahsda ikkita golli uzatma amalga oshirdi.
Bellingem esa Mourinyoga javoban «Real»ning barcha futbolchilari «maydonda portugaliyalik murabbiy uchun jon berishga tayyor» ekanini aytgan.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi futbolchilari aynan Mourinyoni «Real»ni yana yuqori cho‘qqiga olib chiqishga qodir murabbiy deb hisoblamoqda.