Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol va mini-futbol sport turlarini ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan DXX kubogi musobaqasi tashkil etildi.

Bellashuvlarda yigitlar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol yo‘nalishida o‘zaro kuch sinashdilar.

Yigitlar o‘rtasida g‘oyat qizg‘in kechgan futbol musobaqasida Amir Temur mahallasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mini-futbol bo‘yicha esa Nurobod mahallasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar o‘rtasidagi mini-futbol musobaqasida ham Amir Temur mahallasi jamoasi barcha raqiblarini mag‘lub etib, bosh sovringa sazovor bo‘ldi.

Musobaqa yakunlariga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimida Shirin shahar hokimi, shahar DXX rahbari, shahar prokurori, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda Soliq inspeksiyasi rahbari ishtirok etib, g‘oliblar va faol ishtirokchilarni faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.

G‘olib jamoalarga iyun-iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar topshirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bellashuvlar g‘oyat qizg‘in kechdi