Bugun, 25 aprel kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida turkman milliy sporti guresh hamda alish kurashi bo‘yicha MDH davlatlari sportchilari o‘rtasida o‘tkazilgan halqaro turnirda mamlakatimiz vakillari 4 ta oltin va 8 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro turnirda Vatanimiz sharafini O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov yetakchiligidagi 25 nafar sportchilarimiz himoya qildi. 

15 davlatning 200 nafardan ortiq kurashchilari qatnashgan bellashuvlarda yurtimiz vakillari: Oybek Sultonov, Farangiz Abdunabiyeva, Manzuraoy Mo‘ydinova, Dilafro‘z Mamajonova o‘z vazn toifalarida oltin medallarni qo‘lga kiritdi. 

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida O‘zbekistonning Turkmanistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshanbek Alimov, Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov ishtirok etdi. 

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belbog‘li kurashchilarimiz Ashxobod turnirida 12 ta medalli bo‘ldi