Rossiya davlatining Qozon shahrida belbog‘li kurash (borba na poyasax) bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jahon chempionatiga puxta hozirlik ko‘rgan belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz (bosh murabbiy A’zamjon Shokirjonov) ham munosib ishtirok etishmoqda.

11 dekabr kuni  start berilgan jahon chempionati musobaqasida erkaklar belbog‘li kurashning  erkin yo‘nalishida 8 ta vazn toifasida, xotin-qizlar esa 5 ta vazn toifasida kurash tushishdi. Quvonarlisi, 35 ta davlatdan yig‘ilgan eng sara sportchilar orasida polvonlarimiz 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medallarini egallashga muvaffaq bo‘lib,  kuchlilar qatoridan joy olishdi.  

Erkin yo‘nalish bo‘yicha bellashuvlarda  terma jamoamiz  tarkibidan joy olgan sportchilardan 57 kg. vazn toifasida Oybekjon Hamidov (Namangan),  68 kg.da Oybek Sultonov (Andijon), 52 kg.da Farangiz Abdunabiyeva (Sirdaryo)lar barcha raqiblarini yengib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.  82 kg.da Husniddin Ro‘ziyev (Andijon),  100 kg.da A’zamjon Anvarjonov (Andijon), +100 kg.da Sherzod Rahimov (Farg‘ona), 58 kg.da Manzuraoy Mo‘ydinova (Farg‘ona) kumush medallariga ega chiqishgan bo‘lishsa, 62 kg.da Murodjon Rahimov (Xorazm), 52 kg.da Madina Akramova (Andijon), 66 kg.da Zemfira Azatova (Qoraqalpog‘iston), +76 kg.da Anife Kurtseitova (Andijon) lar uchinchi o‘rinni band etib, bronza medal sohiblariga aylanishdi. Birinchi kunggi bellashuvlar yakuniga yetgach, tantanali tarzdagi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar medal, diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.  

Jahon chempionati musobaqasi davom etmoqda.

Oybek YUNUSOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BELBOG‘LI KURASH: polvonlarimiz jahon chempionatida hozircha 11 ta medallarni qo‘lga kiritishdi