Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida belbog‘li kurash bo‘yicha 2004-2005 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda mamlakatimiz belbog‘li kurash federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 nafardan ortiq polvon 17 vazn toifasida g‘oliblik uchun kurashdi.  

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi klassik yo‘nalishda Habibjon Abdurashidov, Abdumalik Dilshodbekov, Akbar Ubaydullayev, Odilxon Pazliddinov, Ilyosbek Sotvoldiyev, Samandar Anvarov, Fayozbek Qosimov, Imomali Tolipov, Ilyosbek Mirzahmatov va Muhriddin Mahmudjonov mamlakat chempioniga aylandi.

Qizlar o‘rtasidagi erkin yo‘nalishda Feruza Sobirova, Albena Allambergenova, Dildora Isroilova, Zahroxon Mahmudova, Sevara Shajenova, Madina Qahramonova hamda Shirinoy Yo‘ldosheva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Chempionat g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belbog‘li kurash bo‘yicha yangi nomlar kashf etildi