Belaruslik hamkasblar tajribasi o‘rganildi
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi delegatsiyasi Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yirik IT-klasterlardan biri hisoblangan Belarusning yuqori texnologiyalar parkiga tashrif buyurdi.
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi delegatsiyasi Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yirik IT-klasterlardan biri hisoblangan Belarusning yuqori texnologiyalar parkiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv doirasida mazkur park faoliyatiga doir masalalar, uning rezidentlari ishini monitoring qilish hamda Belarus Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 dekabrdagi “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish to‘g‘risida”gi dekreti muhokama qilindi. Ushbu hujjatda park rezidentlari shug‘ullanishlari mumkin bo‘lgan 36 faoliyat turi ro‘yxati tuzilgan. Park vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur ro‘yxat IT-kompaniyalar mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, umumdavlat klassifikatoriga javob beradi.
Ushbu ijobiy tajriba Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi rezidentlari faoliyat sohalarini kengaytirish ishlarini davom ettirishi zarurligini ko‘rsatadi. Shu maqsadda “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi uchun maxsus iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat klassifikatorini ishlab chiqish yuzasidan taklif tayyorlanmoqda. U tasdiqlangach, Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi o‘z rezidentlari bilan yanada samarali hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Yuqori texnologiyalar parkiga tashrif chog‘ida, shuningdek, Belarusning IT-autsorsing bo‘yicha yirik vakillaridan bo‘lmish “EPAM Systems” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv ham tashkil etildi.
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi vakillari taqdim etilgan imkoniyatdan foydalanib, banklar, elektron savdo va birja tarmog‘i uchun kompleks ishlanmalar yaratuvchi “SoftClub” kompaniyasi, har qanday biznes uchun ishlanmalar yetkazib beruvchi “LWO” xalqaro kompaniyasi bilan muzokaralar olib bordi. Ushbu uchrashuvlarda AKT sohasidagi turli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish, Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi rezidentlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, O‘zbekistonda mazkur kompaniyalarning vakolatxonalarini ochish imkoniyatlari o‘rganildi.
Yuqori texnologiyalar parkining o‘ziga xosligi shundaki, unda texnik yo‘nalishdagi sifatli ta’lim, axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarning yuksak darajadagi professionalligi va IT-tarmoqning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mujassam.