Belarusda yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi
“Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat tashqi ishlar vazirligi rahbarligiga Sergey Aleynikni tayinladi. U shu vaqtgacha tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosarligida ishlab kelayotgandi», – deb xabar tarqatdi 13 dekabr kuni davlatga qarashli BelTA axborot agentligi.
Sergey Aleynik Minsk davlat pedagogiya institutining xorijiy tillar bo‘limini nemis va ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Keyinchalik Venadagi Diplomatik akademiyaning “xalqaro munosabatlar” mutaxassisligi bo‘limini tugatgan.
U 1992 yildan buyon diplomatiya xizmatida ishlab keladi, Belarusning GAAgadagi Bosh konsulxonasining konsuli ham bo‘lgan. Aleynik shuningdek, mamlakat tashqi ishlar idorasining protokol xizmati rahbari bo‘lgan, u nemis va ingliz tillarini biladi.