Belarusda mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod qo‘lga olindi
Belarusda mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Andrey Dmitriyev qo‘lga olindi, deb xabar beradi «Lenta.ru». «Prezidentlikka sobiq nomzod hibsga olindi.
Hozirgi paytda uning nima sababdan, qaysi tizim tomonidan qo‘lga olingani va hatto hozir qayerdaligi ham noma’lum», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yiling 9 avgustida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Dmitriyev 1,21 foiz, amaldagi davlat rahbari Lukashenko 80 foiz, muxolif blogerning rafiqasi Svetlana Tixanovskaya 10 foiz to‘plagandi.