19-sentyabr kuni Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Igor Karpiyenkoning Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov hamrohligida Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrifi kutilmoqda.

Vazirlar ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalarining hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari va universitetdagi mavjud sharoit bilan tanishadi.

Joriy yilning 12-14 sentyabr kunlari Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtardi. Rasmiy tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari Qoʻshma bayonotni imzoladi. Shuningdek, 19 hujjat, jumladan, oʻzaro savdoga koʻmaklashish tizimi, sanoat mulkini muhofaza qilish, bojxona ishlarida oʻzaro yordam toʻgʻrisida, fan va texnologiyalar, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, tibbiyot, oliy taʼlim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida bitim va shartnomalar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Belarus Respublikasi taʼlim vazirligi oʻrtasida imzolangan idoralararo oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ham shular jumlasidandir.

Bugungi kunda dunyoning 40 dan ortiq nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan Toshkent davlat pedagogika universitetida qator ahamiyatga molik dasturlar amalga oshirilmoqda. Xususan, universitetda boshqaruv tizimini takomillashtirish, malaka oshirish va qayta tayyorlash, masofadan oʻqitishni tashkillashtirish boʻyicha “Erazmus +” dasturi doirasidagi grantlar asosida 50 dan ortiq professor-oʻqituvchilar Italiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya, Ispaniya, Rossiya, Latviya davlatlarining rivojlangan taʼlim muassasalarida malaka oshirib qaytdi. Hozirda universitetda 100 dan ortiq xorijlik talabalar tahsil olmoqda.

Uchrashuvda qoʻshma fakultetlar ochish toʻgʻrisidagi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Toshkent davlat pedagogika universitetiga boradi