Belarus hukumati qishloq xo‘jaligini yanada qo‘llab-quvvatlaydi
Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin boshchiligida o‘tgan navbatdagi yig‘ilish qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlandi. Xususan, soha oldidagi asosiy vazifalarni hisobga olgan holda, agrosanoat majmuasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi. Ayni jarayon uchun belgilangan muhim yo‘nalishlarning asosli ro‘yxati shakllantirildi. Bu haqda "BelTA" axborot agentligiga xabar bergan.
– Umuman, har bir mamlakatda qishloq xo‘jaligi davlat tomonidan u yoki bu shaklda, muayyan miqdorda qo‘llab-quvvatlanadi, – dedi Turchin. – Bugungi uchrashuvimizdan maqsad – qaysi tarmoqlarni qanday usulda rag‘batlantirish lozimligini aniqlab olish.
Hukumat rahbari fikricha, bunday choralar tizimlashtirilgan.
– Shu yo‘nalishdagi ishlarimiz samaradorligi bo‘yicha umumiy fikrga kelib, xulosani Prezidentga taqdim etish kerak, – dedi u.
Agrosanoatni muvozanatli rivojlantirish Belarus siyosatida ustuvorlik kasb etadi. Asosiy talab – davlat sarflayotgan har bir chaqa samaradorligi va qaytimini ta’minlash.
Yig‘inda tegishli mulozimlarning amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
A. Mamatov, O‘zA