Bektemir va Shahram WBA reytingida tengsiz
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) mart oyi yakunlariga ko‘ra, professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Undan mamlakatimizning 8 nafar bokschisi o‘rin oldi.
Jumladan, tajribali bokschimiz Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vaznda o‘tgan oy kabi 1-o‘rinda qolgan bo‘lsa, super o‘rta vazn toifasida janglarda ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev ushbu vaznda peshqadamlik qilmoqda. Muhammad Shexov esa birinchi yarim yengil vaznda kuchli uchlikdan joy olgan.

Shuningdek, WBA reytingida Hasanboy Do‘smatov (minimal vazn) 6, Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarim yengil vaznda,
Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda to‘rtinchi o‘rinni band etmoqda. Sirojbek Ismoilov (yengil vazn) 15, Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) 6-o‘rinda qolmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA