Bekobodlik nashafurush Samarqandda ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Tadbir chog‘ida Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan Z.M. “Nexia-2” rusumli avtomashinasida Toshkentdan Samarqandga 1 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasini olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA