Toshkent viloyatining barcha toifadagi yer maydonlarini “UzKAD” axborot tizimiga kiritilishini ta’minlash maqsadida Bekobod tumanida xatlov ishlari boshlandi.

Mazkur jarayon Prezidentimizning 2020 yil 7 sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi asosida amalga oshirilmoqda. 

Xususan, joriy yilning 1 noyabrigacha hududdagi mavjud 51 ta mahallada xatlov ishlarini olib borish bo‘yicha maxsus shtab va ishchi guruh tashkil etilib, viloyat boshqarmasi hamda 22 ta shahar-tumanlar filiallaridan malakali mutaxassislar jalb qilindi. Ishchi guruh tomonidan tumandagi mavjud yer maydonlari va undan foydalanuvchilarning amaldagi hisobini aniqlash hamda tizimli yuritilishini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Yer fondi toifasidan qat’iy nazar har bir ko‘chmas mulk ob’ektiga nisbatan mavjud kadastr ma’lumotini aniq va to‘g‘ri shakllantirish, yuritilishini tashkil etish, raqamlashtirilmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari hisobini yuritish va o‘rnatilgan tartibda ularga raqam berilishini tashkil etish hamda tumandagi yer resurslari holatini o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Hozir Bekobod tumanida jami 62 ming 874 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari mavjud. Shundan 45 ming 791 gektar yer maydoni “UzKAD” axborot tizimiga kiritilgan. Qolgan 17 ming 83 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini joyida o‘rgangan holda mazkur dasturga kiritishning reja grafigi ishlab chiqilgan. bugungi kun holatiga 3 ming 621 gektar yer maydoni hisobga olindi. 

– Aholi punkti toifasidagi yer maydonlarini xatlovi bo‘yicha sinov tariqasida o‘tkazilgan “Guliston” mahallasi xatlovi yakunlandi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jasur Ahrorov. – Natijalarga ko‘ra, “UzKAD” axborot tizimiga 644 ta turar va noturar bino inshootlar to‘liq kiritildi. Mahallabay xatlov ishlariga kadastr muhandislariga ko‘makchi sifatida 51 ta mahalla raislari va profilaktika nozirlari ham jalb qilingan. Bu esa o‘z navbatida xatlov ishlarining sifatli hamda to‘liq amalga oshirilishini ta’minlaydi. 

Amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami keng, sababi yer fondining mavjud 8 ta yer toifasining elektron bazasi shakllantiriladi. Bu esa yer hisobi va davlat kadastrini yuritishda muhim omil bo‘ladi. Bundan tashqari, joylardagi ko‘plab yerdan foydalanuvchilarning huquqlari elektron bazada shakllanmagan, xatlov orqali esa ularning huquqini belgilash va hisobga olishga erishiladi. 

E’tiborlisi, mazkur sinov tariqasida boshlangan Bekobod tumanidagi xatlov natijalariga ko‘ra, barcha respublika yerlari qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.  

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bekobod tumanida yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilmoqda