Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hududning avvalgi nomi Begovat bo‘lib, sanoat shahri hisoblanadi. 1945 yilda shahar maqomini olgan bo‘lib, hozirgi vaqtda 95 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shaharning rivojlanishi, asosan, Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi bilan bog‘liq. Shuningdek, Farhod GESi va sement zavodi ham shahar taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan.
Mazkur sana munosabati bilan shaharda bir qator ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Xususan, Muqimiy mahallasida zamonaviy sharoitlarga ega 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, yangitdan bunyod etilgan 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi, shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, “O‘zbekiston” mahallasida esa sportga qiziquvchi yoshlar uchun zamonaviy boks zali aholi xizmatida.




Tadbirlarda shahar faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda yoshlar qatnashdi. Bayram dasturxoni yozildi va “Metallurg” stadionida shahar ahli uchun galakonsert tashkil etildi. Mahoratli fotorassom Sultonboy Dehqonovning “Bekobod – Vatanim manim!” nomli fotoko‘rgazmasidan o‘rin olgan asarlar ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldir.
A.Musayev,O‘zA