Munosabat

“Yer yuzining sayqali”, “Sharq durdonasi”, “Firdavsmonand” deb taʼriflanadigan Samarqand buyuk Sohibqiron Amir Temur saltanatining poytaxti, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va maʼrifatning markazi boʻlib kelgan.

Muhammad Alining “Ulugʻ saltanat” tetralogiyasining 2-kitobida Sohibqironning xos munshiysi Mavlono Ubayd tilidan shahar tarixi haqida shunday maʼlumot beriladi: “...Samarqand “Samarkent” soʻzining arabcha koʻrinishidur, Samar qishlogʻi maʼnosini beradi. Samar–turk xonlaridan birovining ismi, bu qishloqni ul zot juda qadim zamonda barpo aylagan ekan. “Tarixi Tabariy” kitobida ham bitilibdurki, Samar otliq qudratli xon ushbu shaharning tamal toshini qoʻyibdur, eng avval “qand” degan turk aymogʻi bunda oʻrnashibdur va inchunun shahar “Samarqand” atalibdur”.

Shahar Amir Temur hukmronligi davrida dunyoning eng goʻzal shaharlaridan biriga aylandi, U faqat bogʻ-rogʻlari, gulzorlari bilan emas, balki mahobatli binolari, naqshlari koʻz va hushni oladigan saroylari bilan ham olamni lol qoldiradigan maskanga aylandi. Samarqand madrasalarida diniy ilmlar bilan birga dunyoviy ilmlarni oʻqitishga ham katta eʼtibor berilgan. Amir Temur oʻzi zabt etgan oʻlkalardan taniqli olimlar, fozilu donishlarni, ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni oʻz poytaxtiga olib kelgan. Keyinchalik ular orasidan buyuk olimlar, ulugʻ donishmandlar yetishib chiqqan. Sharafiddin Ali Yazdiy, an-Nasaviy, Ibn Arabshoh, Nizomiddin Shomiylar yaratgan tarix kitoblarida Amir Temur davrida ilm-maʼrifat ravnaqiga boʻlgan juda katta eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatib berilgan. Amir Temur asos solgan ulkan saltanat(imperiya) tufayli tinchlik va osoyishtalik saqlangan keyingi yuz yillikda ilm-fanda mislsiz yutuqlarga erishildi. Ayniqsa, Mirzo Ulugʻbekning Samarqandda hukmronlik qilgan yillarida dunyoviy ilmlar, xususan, aniq fanlar oʻqitilishiga katta eʼtibor qaratildi va shu davrda buyuk daholar yetishib chiqdi.

Zamonamizning mashhur tarixchi olimi Boʻriboy Ahmedov “Mirzo Ulugʻbek” badiasida yozadi: “...Ulugʻbekning Samarqand va Buxorodagi madrasalari, ayniqsa, poytaxtdagi madrasa zamonasining dorilfununi edilar. Madrasalarning darsxonalarida ilohiyot ilmlaridan(Qurʼon, Hadis, Tafsir) tashqari, riyoziyot(matematika), handasa(geometriya), ilmi hayʼat(astronomiya), tibbiyot(meditsina), tarix, jugʻrofiya, ilmi aruz(poetika) singari dunyoviy ilmlar ham oʻqitilgan. Bunday deyishga dalil-ashyomiz ham bor. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida Ulugʻbekning Samarqanddagi madrasasida tahsil koʻrgan balxlik Shamsiddin Muhammad ismli bir yigit nomiga berilgan sanad(shahodatnoma) saqlanadi”.

Ulugʻbek madrasasi faoliyat boshlagan 1420-yil Samarqand tarixida ilm-fan sohasida buyuk daholar yetishib chiqishiga tamal toshi boʻldi. Mana shu tarixiy sanadan eʼtiboran dunyoni lol qoldirgan, bashariyat ilmiy tafakkuri, maʼnaviy-ruhiy,madaniy-adabiy merosini boyitishga hissa qoʻshgan allomalar yetishib chiqdi. Madrasa tom maʼnoda hozirgi oliy taʼlim muassasasi maqomidagi dorilfunun boʻlib, unga zamonasining eng peshqadam, yuksak salohiyatli olimi mudarrislik qilgan. Bosh mudarris demokratik tamoyillarga qatʼiy amal qilgan holda tayinlangan, bunda shaxsan Ulugʻbekning oʻzi ishtirok etgan. Bu dorilfunun tarixi bugungi kunlarimizda ham davom etayotgani, hozirgi dorilfunun bundan 600-yil muqaddam Ulugʻbek asos solgan dorilfununning qonuniy merosxoʻri ekanligini eʼtirof etish tarixiy adolatning tiklanishi, Samarqandda ilm-fan taraqqiyoti ravnaqi yana dunyoni lol va maftun etadigan darajaga chiqishiga asos boʻladigan tarixiy voqea boʻlib qoladi.

Alloma shoirimiz Gʻafur Gʻulom “Samarqand uchun” sheʼrida yozgan edi:

Jahonga jamoli jahonoroni

Berguvchi farzandlar beshigi bu yer...

Akademik Vohid Abdullayev uni “Ilm-maʼrifat quyoshining uyi”(xonai xurshidi ilmu maʼrifat”) deb taʼriflagan va bu yerdan yetishib chiqqan ulugʻ fan zahmatkashlariga oʻz ehtiromini izhor etgandi:

Falsafa maydonida Ibrohimu Aʼlolaring,

Tarixi tagpaxsai yer ilmida Yahyolaring,

Fiziku ximik biologlar boʻlib Porsolaring,

Sen–Hamid, Usmon, Umar, qolganlari shaydolaring...

Hozirgi ilmiy-adabiy jarayonda Samarqandning katta oʻrin tutishini alohida taʼkidlab oʻtish lozim. Rustam Xolmurodov, Muslihiddin Muhiddinov, Hotam Umurov, Usmon Sanoqulov, Dilorom Salohiy, kabi zahmatkash olimlarimiz mamlakatimiz ilm-fani ravnaqiga munosib hissa qoʻshib kelamoqda.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining sessiyasida Samarqand dorilfununining 600-yilligini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingani ilmiy jamoatchilik, butun xalqimizni behad quvontirgani rost. Shu munosabat bilan “Oʻzbekistonda ilm-fan, oliy taʼlim tizimining shakllanishi va taraqqiyotida Samarqand Davlat universitetining tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi yilimizning eng unutilmas tarixiy voqeasi boʻlib qolishi, shubhasiz. Oʻylaymizki, qadrdon dorilfununimiz tashkil topganligining muborak 600-yilligi tantanalari gʻoyat koʻtarinki bir ruhda oʻtadi va dunyo ilmiy jamoatchiligi eʼtirofiga sazovor boʻladi.

Damin TOʻRAYEV, QarDU professori,
Abduhamid XOLMURODOV, NavDPI professori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Behad quvondik
Маданият
12:11 / 16:09:2020