Bolalar yozuvchisi bo‘lish sehrgarga aylanishdek gap. Yozuvchi o‘zining yoshi, butun yashash olamini bir onga tark etib, yozayotgan asar qahramonlariga aylanadi. Asar yakunlanguniga qadar jajji qahramonlar bilan birga yashaydi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bolalarning taniqli yozuvchisi Muhabbat Hamidova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy anjumani o‘tkazildi.

O‘tgan yillar davomida Muhabbat Hamidova nafaqat o‘zining hozirjavob jurnalistligi, balki publitsistik maqolalari, hajviy hikoyalari va bolalar uchun yozilgan bir qator kitoblari bilan ham xalqimiz e’tirofga sazovor bo‘ldi. Yosh kitobxonlar tomonidan sevib o‘qilib ularning kitob javonlaridan o‘rin olgan “Sehrgar bola”, “Maqtanchoq jo‘ja”, “Hakka xolaning hangomasi”, Topishmoqmi yo tez aytish”, “Kokilli ilon” kabi 10 dan ortiq hikoya va qissalari ana shu qaynoq va quvnoq ijod mahsulidir.

Tadbir davomida Muhabbat Hamidovaning sermazmun ijodi xususida adabiyotshunos, jurnalist ustozlar, yaqinlar va shogirdlar so‘zga chiqib, ushbu kun bilan tabriklab, yanada barakali ijod tilab qolishdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/3sDtepVNQkU?si=CMbuuQJ7ORclHCXt" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, I.Ismatov,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beg‘ubor qalb egasi - Muhabbat Hamidova (+video)