Kompaniya faoliyatidagi oʻzgarishlar va uning pandemiya davridagi taʼsiri, abonentlarning xizmatlar va servislarga boʻlgan talab va ehtiyojlar kabi masalalarda “Beeline Uzbekistan” bosh direktori Sergey Afonin bilan suhbatlashdik.

Pandemiya dunyoni tubdan oʻzgartirdi. Internetdan foydalanish oziq-ovqatga boʻlgan talab bilan tenglashdi, chunki odamlar yakkalanib qolishdi va ular eng soʻnggi yangiliklar va voqealardan xabardor boʻlishlari, qarindoshlarining hol-ahvollaridan xabar olishlari kerak. Shunday qilib, hayotning asosiy ehtiyojlari nafaqat butun bozor uchun, balki sanoat uchun ham chaqiruvga aylandi. "Beeline Uzbekistan investitsiya dasturini davom ettirgan holda, bu chaqiruvni qabul qildi. Bunga parallel ravishda tarmoq sifatini oshirishga, shuningdek chekka hududlardagi qamrovga qaratilgan tarmoq rivojlanishini amalga oshirdi.

- COVID-19 abonentlarning xulq-atvoriga qanday taʼsir koʻrsatdi, qaysi xizmatlar koʻproq talab qilindi? Pandemiya va karantin choralarining joriy etilishi kompaniya faoliyati va umuman biznesiga taʼsir koʻrsatdimi?

- Bugungi kunda COVID-19ga qarshi kurash davomida insoniyat qanday oʻzgarganligi, virus hayotimizga kiritgan yangi odatlar qachongacha bizda qolishi haqida koʻplab munozaralar, nashrlar va turli materiallar mavjud. Albatta, koronavirusning tarqalishi foydalanuvchilarga taʼsir koʻrsatdi, millionlab odamlar masofadan ishlashga oʻtdilar, internet-trafik va onlayn xizmatlarga talab oshdi. Bizning tadqiqotlarimizga koʻra, faqat shu yilning mart oyining oʻrtalaridan iyul oyigacha mobil Internet va 4G foydalanuvchilari soni 34,2 foizga oʻsgan. Telegram messenjeri foydalanuvchilarining oʻrtacha trafigi 47,6 foizga oʻsdi. Onlayn taʼlim va video qoʻngʻiroqlar amalga oshiriladigan xizmatlarning sezilarli darajada oʻsishi kuzatildi. Masalan, Zoom xizmatiga trafik 82,7 foizga oshdi.

Ijtimoiy tarmoqlarga kelsak, Facebook foydalanuvchilari trafigi 29,8 foizga, Instagramda fotosuratlarni joylashtirish va koʻrish esa 29,3 foizga oʻsdi. Ushbu davrda TikTokga tashriflar soni 83,9 foizga, YouTubening mashhurligi 31,4 foizga oshdi. Uyda boʻlish vaqtida abonentlar koʻproq onlayn oʻyin oʻynashga koʻproq vaqt sarfladilar, bu yerda oʻrtacha trafik 86,8 foizga oʻsgan.

Shuningdek, internet-trafik karantin davrida 20,8 foizga oʻsgan Beeline TV raqamli xizmatining mashhurligini ham taʼkidlamoqchiman. Bunga faol qiziqish shu yilning mart-aprel oylarida sezilarli boʻldi, abonentlarimizga qulay boʻlishi uchun biz 60 dan ortiq kanallarni tomosha qilishni bepul taʼminladik.

инфографика_слайд_1_v2_uzb.jpg

Oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimi “qadamlar uchun Giglar” kampaniyasini yana-da ommalashtirdi. Avvalo, bu shaxsiy va jamoat transporti harakatining minimal darajaga tushirilishi bilan bogʻliq deb oʻylayman. Natijada foydalanuvchilarga hisoblangan bonuslar soni 41,6 foizga oshdi. Yuqoridagi barcha oʻzgarishlar xizmatlar narxlarining pasayishi bilan birga keldi.

Karantin choralarini joriy etish jarayonida biz nafaqat yangi loyihalarni ishga tushirdik, balki internet-trafik narxini 21,4 foizga toʻliq pasaytirdik, shuningdek ovozli xizmat narxi ham 15 foizga pasaytirildi. Shu bilan birga, kompaniya bir kunga ham tarmoq qamrovini rivojlantirish va yangi baza stansiyalarini ishga tushirishni toʻxtatmadi.

Ikkinchi savolga kelsak, afsuski, COVID-19 biznesga taʼsir qiladi. Oʻylaymanki, aslida, bugungi kunda Oʻzbekistonda yoʻqotishlarni va faoliyatning pasayishini sezmagan bironta ham soha yoʻq. Albatta, bizning moliyaviy koʻrsatkichlarimiz ham kutilganidan past boʻldi. Ammo daromad oʻsishining yetishmasligiga qaramay, biz mablagʻ va saʼy-harakatlarimizni infratuzilma, yangi aloqa obyektlari va uskunalarga sarflashni davom ettirdik va davom ettirmoqdamiz. Biz boʻshashmasdan yangi gʻoyalar va tadbirlarni amalga oshirish ustida ish olib bormoqdamiz.

инфографика_слайд_2_v2_uzb.jpg

- SOVID-19 tufayli koʻplab muassasa va tashkilotlar uy sharoitida masofadan ishga oʻtishlari kerak boʻldi. Bu sizning kompaniyangizda qanday oʻtdi?

- Masofadan ishlashga oʻtish jarayonning maʼlum bir oʻzgarishini talab qildi. Abonentlarga xizmat koʻrsatish uchun avvalambor, Call-markazini qayta qurish va masofaviy sharoitlarga oʻtish uchun vaqt kerak boʻldi. Ayni damda u eng yuqori imkoniyatlarda ishlamoqda. Ijobiy tomoni masofadan turib ishlash odamlarni yollashga undaydi. Koʻp narsa oʻz-oʻzini tashkil qilish, masʼuliyat va ishtirok etishga bogʻliq. Tashkiliy masalalar, sifat nazorati biz uchun muhim manba hisoblanadi. Biz mijozlarimizni qadrlaymiz va yaxshi koʻramiz, ammo xodimlarimiz xavfsizligi ham biz uchun muhim. Aynan shu fikrlardan kelib chiqib biz, avvalambor, ularni masofadan ishlashga oʻtkazdik. Masofadan ishlashning umuman qoʻrqinchli joyi boʻlmadi, hatto barcha tomonlar uchun ham juda qulay boʻldi. Maʼlumki, Beeline Veon guruhining katta doʻstona xalqaro oilasining bir qismidir. Biz bir necha yildan buyon masofaviy formatda ishlashning muvaffaqiyatli tajribasidan foydalanib kelmoqdamiz, uni nafaqat Veon ichida, balki endi Oʻzbekistonda ham qoʻllaymiz. Yana bir muhim jihat shundaki, har bir xodim oʻz ishi va daromadlarini karantin davrida, shuningdek undan keyin tiklanish davrida saqlab qoldi.

Ushbu oylarda, karantin cheklovlari davrida biz abonentlarimiz uchun manfaatli boʻlgan koʻplab yangi tadbirlarni amalga oshirdik va shu bilan kompaniyaning bozordagi obroʻsini oshirdik. Masalan, biz SIM-kartalarni onlayn yetkazib berish va sotish boʻyicha xizmatni ishga tushirdik. Ushbu innovatsion loyiha atigi 30 kun ichida amalga oshirildi. Aynan buning uchun oʻzimizning platformamiz - nomer.beeline.uz sayti ochildi, u yerda kerakli raqamni bron qilish mumkin. Bundan tashqari, har bir hudud darajasida buyurtma berish savdo kanallari boʻyicha taqsimlanadi: baʼzi buyurtmalar dilerlar tomonidan, baʼzilari bizning xodimlarimiz tomonidan yetkazib beriladi. Yetkazib berish muddati - 3 kun, ammo abonent bilan yana alohida vaqt oraligʻi muhokama qilingan holatlar ham boʻlgan. Aytgancha, bizning eng mashhur XIT va premium STATUS tariflar qatorlari uchun raqamlar mutlaqo bepul yetkazib beriladi. Bundan tashqari, mijozlarimizga qulay boʻlishi uchun biz saytning oʻzida yangi funksiyani qoʻshdik - raqamni bron qilgan abonentga noyob kod beriladi, uni eng yaqin savdo nuqtalaridan biriga murojaat qilganda darhol raqamni chaqirish mumkin. Karantin davrida qabul qilingan arizalar soni boʻyicha statistikani tahlil qilishimiz shuni koʻrsatdiki, loyihani ishlab chiqish uchun uning geografiyasini yana-da kengaytirishimiz va boshqa yetkazib berish xizmatlarini jalb qilishimiz kerak boʻldi. Bu bizga qabul qilingan buyurtmalar sonini sezilarli darajada koʻpaytirishga yordam berdi va shu bilan biz raqamni mamlakatning istalgan joyiga yetkazib berishimiz mumkin. Shuningdek, SIM-kartalarni Express24, MobileZone kabi hamkorlar orqali onlayn sotish boʻyicha ishlarni yoʻlga qoʻydik. Yaqin kelajakda ularning soni koʻpaytiriladi, endi biz SIM-kartalarni nafaqat Toshkentda, balki viloyatlarda yetkazib beradigan boshqa firma va tashkilotlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Shunday qilib, bizning mutaxassislarimizning saʼy-harakatlari tufayli biz ushbu tajribani butun Oʻzbekiston boʻylab kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. SIM-kartalarni yetkazib berishdan tashqari, bizning vazifalarimiz abonentlar uchun aksessuarlar, qurilmalar, telefonlarni yetkazib berishni oʻz ichiga oladi, shu bilan har bir abonent oʻz uyida va qulay sharoitda operator xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, bugungi kunda bizning abonentimiz boʻlishni istagan mijozning ofisda boʻlishini minimal darajaga tushirish maqsadida biz onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish tizimini rivojlantirish ustida ish olib bormoqdamiz.

инфографика_слайд_3_v2_uzb.jpg

- Soʻnggi paytlarda Call-markaziga qoʻngʻiroq qilib tushish imkoniyati yoʻqligi haqida shikoyatlar paydo boʻldi. Buning sababi nimada?

- Biz xizmat koʻrsatish va mijozlar tajribasi masalalariga katta eʼtibor beramiz. Ehtimol, mamlakatda karantin choralari va oʻzini oʻzi izolyatsiya qilish tizimini joriy qilish bilan bogʻliq soʻnggi voqealar tufayli, sall-markazga qoʻngʻiroqlar soni koʻpaygan va ulanishda maʼlum qiyinchiliklar boʻlgan. Ammo, shunga qaramay, sall-markazning ishi uzluksiz rejimda olib borildi va bir daqiqa ham toʻxtamadi. Bugungi kunda koʻplab masalalarni Call-markazga qoʻngʻiroq qilmasdan, masalan, Beeline Uzbekistan mobil ilovasi yoki IVR (interaktiv ovozli tizimlar) yordamida hal qilish mumkin. Beeline Uzbekistan sall-markazining 0611 raqamidan tashqari (shahar telefonlari va boshqa kompaniyalar abonentlari uchun +998901850055), abonentlar biz bilan bogʻlanish uchun Telegram operatorini tanlashlari mumkin. Agar abonentga biriktirilgan fayllar bilan rasmiy soʻrov qoldirish kerak boʻlsa, elektron yordamchilarning xizmatlaridan 0611@beeline.uz elektron manzili orqali foydalanish mumkin. 0621 raqami yordamida “menga qayta qoʻngʻiroq qiling” yoki “qayta aloqa” xizmati bilan SMS orqali qoʻngʻiroq uchun buyurtma berish ham mumkin. Kompaniya xodimi 24 soat ichida abonent bilan bogʻlanadi. Bundan tashqari, abonentlar Fasebook, Instagram, OK.ru va Twitter ijtimoiy tarmoqlaridagi korporativ sahifalar orqali mutaxassis bilan bogʻlanishlari mumkin. Biz hamma uchun ochiqmiz va har doim har qanday yordam berishga tayyormiz!

- 4G unda Beeline mavzusi haqida gapirsangiz...

- Shuni eslatib oʻtishim joiz, 2008 va 2014-yillarda 3G va 4G tarmoqlarini tijorat foydalanuviga birinchi boʻlib aynan Beeline joriy qilgan va deyarli bir yil oldin u yana birinchi boʻlib beshinchi avlod aloqa standartini sinovdan oʻtkazgan. Ammo 5G hali ham yaqin kelajakning masalasidir va ayni damda bizning mijozlarimiz LTE va UMTS asosidagi xizmatlarga ehtiyoj sezmoqdalar. Biz toʻrtinchi avlod texnologiyasiga ishonamiz, chunki bu bizning abonentlarimizga multimedia oʻtkazish, video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish va mobil TVlarni tomosha qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu maʼlumot uzatishning yuqori tezligi va Internet-resurslarga tez ulanish bilan bogʻliq. Shuningdek, LTE tarmogʻini rivojlantirish tezkor va barqaror tarmoqlarga qaraganda koʻproq qamrovni taʼminlaydigan afzalliklarga ega. Kelajakda bunga yana-da koʻproq mablagʻ sarflashni rejalashtirganmiz. Zotan, Beeline maʼlumotlarining 70 foizdan koʻprogʻi 4-avlod tarmogʻida amalga oshiriladi. Bizning fikrimizcha, 4G endi uzoq yoki yaqin kelajak masalasi emas, bu bizning haqiqatimiz. Bugungi kunda har bir abonent oʻrtacha 2 yoki hatto 3 barobar koʻproq Internet-trafikni isteʼmol qila boshladi. Shuning uchun biz tomondan 4G tarmogʻining keng miqyosda rivojlanishi mavjud abonentlar va yangi foydalanuvchilarning yangi xizmatlarga boʻlgan talabni sifatli qondirish imkonini berdi. Shunday qilib, mavjud tarmoqni modernizatsiya qilish va yangi baza stansiyalarini joriy etish, transport tarmogʻini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalar va chastota resursidan samarali foydalanish hisobiga foydalanuvchi uchun oʻrtacha tezlik oshirildi. Hozir yangi xizmatlarning ishga tushirilishi bilan tarmoqdagi yuk yana-da ortadi, ammo biz buning ustidan chiqa olamiz. Bu yoʻnalishdagi ishlarning asosiy koʻlami bizni yaqin oylarda, shu jumladan hududlarda ham kutmoqda. Bu yil 500ga yaqin yangi aholi punktlarini 4G tarmogʻi bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Hali bu hammasi emas.

Yaqinda biz 4G bonuslarini, shuningdek, bozorda noyob mahsulotni - bir kunlik yoki bir oylik foydalanish mumkin boʻlgan cheksiz 4G internetini ishga tushirdik. Foydalanuvchi oʻzi uchun kerakli va qulay toʻplamni tanlaydi va Internetdan kecha-kunduz tezlik cheklovisiz foydalanadi. Shuni aytmoqchimanki, biz abonentlarimizga har doim 4G bozorida eng yaxshi narxlarni taqdim etamiz. Shuning uchun “4G Unda Beeline” deymiz.

- 2019-yilda siz butun respublika boʻylab kompaniya tarixidagi eng yirik bazaviy stansiyalarning faol qurilishini boshladingiz. Karantin davrida yangi tarmoqlarni qurish boʻyicha ishlar davom etdimi? Chet eldan uskunalar olib kirishda qiyinchiliklar boʻldimi?

- Kompaniyamiz doimiy ravishda aloqa va mobil Internet sifatini yaxshilash uchun tarmoqlarni jadal qurish va yangilashni davom ettirdi. Shaxsan men uchun, kompaniya rahbari sifatida, texnologik yetakchilikni saqlab qolishimiz, qaysidir maʼnoda sohaning lokomotivi boʻlishimiz muhim. 2019-yil biz uchun tarmoqni kengaytirishda rekord yil boʻldi. Bugun biz oʻz oldimizga yana-da ulkan maqsadlarni qoʻydik, chunki bizning strategiyamizning asosi aloqa sifati va xizmat koʻrsatish darajasini yaxshilashdir. 2020-yilda qurilish hajmi oʻtgan davrdagi natijalarimizdan nisbatan oshib ketdi.

Albatta, mamlakatda karantin choralarining joriy etilishi bu ishga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatdi, ammo uni toʻxtata olmadi. Bizning abonentlarimiz har doimgidan ham barqaror va sifatli xizmatga, uyali aloqa xizmatlariga ehtiyoj sezayotganini tushunamiz. Bu, avvalo, Oʻzbekiston aholisini COVID-19 tarqalishiga qarshi koʻrilgan choralar toʻgʻrisida oʻz vaqtida va har tomonlama xabardor qilish, onlayn taʼlim, respublikada va undan tashqarida boʻlgan qarindoshlari va doʻstlari bilan boʻsh vaqt oʻtkazish va muloqot qilishni taʼminlash uchun zarurdir. Shunday qilib, 2020-yil boshidan buyon kompaniya 2 mingdan ortiq turli xil texnologik baza stansiyalarini ishga tushirdi. Kompaniya yil oxiriga qadar 800 ga yaqin yangi aloqa vositalarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Joriy yilda 4G tarmogʻi 75 foizga oʻsdi, bu nafaqat qamrov hajmini oshirish, balki tarmoqni sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. 4G tarmogʻidagi oʻrtacha tezlik yil boshidan beri 45 foizga oshdi. Shu bilan birga, oʻtgan yil davomida LTE tarmogʻidagi trafik ikki baravarga oshdi. Mening fikrimcha, innovatsiya biznesning barcha jabhalarini qamrab olishi va baʼzida yana-da murakkab muammolarni hal qilishi kerak. Mintaqalarda elektr quvvati boʻlmaganda, tayanch stansiyalarning uzluksiz ishlashini taʼminlaydigan quyosh batareyalariga asoslangan muqobil energiya taʼminoti manbalari bilan muvaffaqiyatli misolni eslaylik - Beeline ushbu tashabbusda birinchi boʻlgan. Hozir ham biz nostandart yechimlar ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz.

инфографика_слайд_4_v2_uzb.jpg

- Abonentlarning soni pasayishi haqida fikringiz qanday? Hozir Beeline uchun nimalar muhim va diqqat markazida - bazaviy stansiyalarning oʻsishimi yoki yana boshqa masalalar?

- Keling, aniqroq aytaylik. Abonent bazasi kompaniyadan chiqib ketgan va unga kelgan abonentlardan tuziladi. Birinchidan, kompaniyani tark etgan abonentlar oʻtgan yilgiga qaraganda kamroq va bu bizni xursand qiladi. Ikkinchidan, kompaniyaga kelgan abonentlar soni oʻsib bormoqda, ammo SIM-kartalar sonida bu oʻtgan yillarga qaraganda kamroq. Biz dilerlik tarmogʻidagi tariflar va shartlarni haqiqiy abonentlar uchun qiziqarli boʻlishi va oqilona raqobatlashishi uchun oʻzgartirdik. Biroq, biz sotishda boʻsh SIM-kartalar bilan bazani sunʼiy ravishda “toʻldirishga” qarshimiz va bu bizning tanlovdir! Ha, raqamlar boʻyicha bu bazaning pasayishini koʻrsatadi, ammo paradoks shundaki, baza yaxshilanmoqda!

Umuman aloqadan foydalanmaydigan yoki uch oy ichida bitta qoʻngʻiroqni amalga oshiradigan boʻsh SIM-kartalar mavjud emas. Odatda bu dilerlarning ish haqi oshishi yoki operatorning bazasi oʻsishini koʻrsatish maqsadidagi savdolarning bir qismidir. Yuqorida aytib oʻtganimdek, biz faqat hisobot koʻrsatgichlari uchun bazani koʻpaytirish va buning uchun hamkorlarga asossiz ravishda katta xarajatlar ketkazish, shuningdek boʻsh SIM-kartalar uchun qoʻshimcha soliqlar toʻlash tarafdori emasmiz. Ushbu mablagʻlarni bazaviy stansiyalar va yangi mahsulotlar qurilishiga sarflaymiz. Buni bizning xizmatlarimizdan foydalangan abonent qadrlaydi. Hisobotlarda chiroyli raqamlarni namoyish qilganimiz uchun abonentlar bizga minnatdorchilik bildirmaydilar. Ushbu yondashuvni har kim oʻziga xos tarzda talqin qilishi mumkin, ammo haqiqat shundaki, biz qogʻozdagi raqamlarga emas, balki mijozlar ehtiyojiga qarab qiymat hosil qilamiz. Biz oʻz abonentlarimiz uchun dasturlarni faol ravishda takomillashtirmoqdamiz. Beeline Club 2.0 sadoqatlik dasturi, Beeline TV , Beeeline MusicBeeline PressaBeeeline GamesBeepul mobil toʻlovi  - yaqin kelajakda ushbu dasturlardan nafaqat bizning mijozlarimiz, balki boshqa operatorlarning abonentlari ham foydalanishlari mumkin boʻladi. Bu yil biz mobil moliya, raqamli kontent sohasida qulay va bozorimiz uchun yangi yoʻnalish boʻlmish Big data raqamli dunyosi tomon yangi qadam tashladik. Biz Oʻzbekistondagi barcha operatorlar orasida birinchi boʻlib uning asosida bozorga mos biznes modellarini ishlab chiqdik. Endi biz innovatsion xususiyatlarni yana-da tezroq yaratmoqdamiz. Hozirda kompaniya mobil tijoratni yoʻlga qoʻygan va rivojlantirmoqda. Yaqinda biz bozor uchun yangi elektron hamyonlar va virtual bank kartalariga kirish imkoniyatini, shuningdek Google Play doʻkonidagi mahsulotlarni balansdagi mablagʻ evaziga sotib olish imkoniyatini yoʻlga qoʻyamiz. Hozircha Oʻzbekistondagi bironta operatorda bunday imkoniyat mavjud emas. Bundan tashqari, biz tibbiyot va taʼlim sohasidagi yangi loyihalar bilan mahsulot turlarini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Big data sohasida biz abonent profilini aniqlash boʻyicha model ustida ish olib boryapmiz, bu bizga bir vaqtning oʻzida kompaniyadagi bir nechta yirik maydonlarni - marketingdan sotuvlargacha optimallashtirishga yordam beradi. Biz noyob raqamli mahsulotlarni ishlab chiqaradigan Beelab laboratoriyasini yaratdik va rivojlantirmoqdamiz. Bu bizning isteʼdodli va talabchan xodimlarimiz tomonidan amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, ular bu ishlarni shu qadar mahorat bilan bajaradilarki, hatto Veonning boshqa mamlakatlariga ham xizmat koʻrsatmoqdalar. Biz tariflardan tashqari bonuslar bilan taʼminlanadigan oʻyinga oʻxshash qiziqarli takliflarni yaratdik.

инфографика_слайд_5_v2_uzb.jpg

- Soʻnggi paytlarda abonentlar, shu jumladan, Beelinening abonentlari kontent xizmatlaridan juda norozi boʻlishmoqda, xizmatlar evaziga operatorlar pullarni shaffof boʻlmagan va adolatsiz ravishda hisobdan yechib olishmoqda. Bunga qanday izoh berishingiz mumkin?

- Koʻngilochar xizmatlar dunyodagi barcha uyali aloqa operatorlarining diqqatini tortmoqda. Har qanday yangi texnologiya asta-sekin bozorni egallaydi, tarozini tortadi, yaxshilaydi, oʻziga xos standartga aylanadi va uning rivojlanishi sekinlashguncha davom etadi. Innovatsiya hayotidagi navbatdagi va mantiqiy bosqich bu portlovchi talabni kamaytirish va asosiy xizmatning oʻzini toʻldiruvchi va baʼzan jiddiy ravishda oʻzgartiradigan xizmatlarning paydo boʻlish bosqichidir. Koʻngilochar xizmatlar mijoz uchun deyarli doimo “yaxshi” va deyarli hech qachon “yomon” emas. Abonent uchun “yaxshi” va “zarur” koʻngilochar xizmatlarni qidirish va amalga oshirish juda koʻp ishdir va ishga tushirish jarayonida odatda baʼzi xizmatlar abonentlar uchun xohlagancha muvaffaqiyatli, qiziqarli va tushunarsiz boʻlishi mumkin. Baʼzida ular shaffof emas va adolatsiz deb qabul qilinadi. Oʻzbekiston bozori tobora kuchayib borayotgan “smartfonlashtirish” davrida, shuning uchun bugungi kunda baʼzi bir kontent xizmatlarini hisobdan chiqarish mavzusi ayniqsa dolzarbdir. Kontent-provayderlar barcha operatorlarning abonentlari bilan ishlashlari hech kimga sir emas va bu har doim ham abonent nuqtayi nazaridan shaffof tarzda amalga oshirilmaydi. Ha, muammo bor va bizning jamoamiz endi uni konstruktiv tarzda hal qilmoqda. Kelgusi oylarda har bir abonent kontent xizmatlaridan qanday foydalanishi va qabul qilishi, ularni qanday boshqarishi va qancha nazorat qilinishini, abonent nimaga obuna boʻlganligini va nima uchun pul toʻlashini tushunishi uchun xizmatni takomillashtirish uchun zarur boʻlgan barcha ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Biz barchasi iloji boricha shaffof boʻlishini xohlaymiz. Buning uchun endi quyidagi choralarni koʻrmoqdamiz:

- Biz penetratsiyani kamaytirdik va mijozlarimizning hozirgi ehtiyojlariga javob bermaydigan xizmatlarni yopdik. - Koʻngilochar xizmatlar haqida Call-markazimiz orqali fikr-mulohazalarni qabul qilamiz va yuzaga keladigan savollarni darhol yopamiz.

- Axborot kampaniyalarini olib bormoqdamiz va abonentlarimizni oʻrgatmoqdamiz. Masalan, “Beeline: Hammasi shaffof!” aksiyasi *115 # USSD-buyrugʻini terishda barcha koʻngilochar xizmatlar oʻchirib qoʻyilishi haqida xabar beradi.

- Beeline Uzbekistan yangilangan ilovamizda “Xarajatlar” boʻlimida mutlaqo barcha xarajatlar koʻrinib turadi.

- Internet xizmatlari uchun biz hamkorlarga narxlar, hisobdan mablagʻni yechib olish muddatlari, xizmatning maqsadi va boshqa barcha kerakli maʼlumotlarni majburiy joylashtirish boʻyicha talablar va qoidalarni shakllantirdik.

- Oʻzbekiston telekom bozorida yangi uyali aloqa operatori paydo boʻldi. Sizningcha, telekom sohasi mutaxassisi sifatida bu bozorga va umuman abonentlarga qanday taʼsir qiladi?

- Odatda biz bozordagi hamkorlarimiz faoliyatini izohlamaymiz. Albatta, bozorda adolatli raqobatni keltirib chiqaradigan har qanday oʻzgarishlar doimo yaxshi boʻladi. Ammo, yana bir bor taʼkidlayman agar u vijdonli va halol boʻlsa. Biz uchun, sohaning hozirgi sarmoyadorlari sifatida, albatta, Oʻzbekistonda Beeline tarmogʻini yana-da faol qurish va modernizatsiya qilish, AT va raqamli infratuzilmalarni rivojlantirish, abonentlarga yangi qiziqarli va arzon xizmatlarni taklif qilish asosiy ustuvor vazifalar boʻlib qolmoqda. Biz yangi konsepsiyalarni taqdim etamiz, yangi raqamli loyihalar ustida ishlaymiz. Bizning asosiy eʼtiborimiz mahsulot, xizmat va xizmatlarning sifati va amalga oshirilishiga qaratilgan. Umuman olganda, agar kelajak haqida gapiradigan boʻlsak, asosiy vazifa - bu yangi biznes modelini yaratishdir, uning doirasida abonentlarimiz anʼanaviy servis va xizmatlardan (ovozli qoʻngʻiroqlar, maʼlumotlarni uzatish, yoki SMS) foydalanish uchun toʻlovlarni kamaytiradi yoki hatto uyali aloqa operatori sifatida bizga toʻlashni toʻxtatadi. Ular faqat oʻzlarini qiziqtirgan, ishlatish uchun qulay va foydali boʻlgan ilovalar uchun toʻlaydilar. Maʼlum boʻlishicha, xizmatlar va mahsulotlarni targʻib qilish uchun provayder va operator xarajatlarni oʻzaro taqsimlaydi, ulardan abonent faqat foyda koʻrishi mumkin.

Shunday qilib, biz aloqani toʻlanishi shart boʻlmagan havoga aylantirmoqchimiz, chunki bu ham hayotiy ahamiyatga ega. Biz abonentlar bazasini taʼqib qilmayapmiz, biz xizmatlarning sifati va odamlar uchun qiziqarli takliflar haqida oʻylaymiz. Shuning uchun biz abonentlar qolishlari va biz bilan boʻlishlari uchun bir qator mahsulot va xizmatlarni mutlaqo bepul taqdim etishga tayyormiz.

- Kelajakdagi rejalaringiz...

- Bugungi kunda 1,5 milliondan ortiq inson raqamli mahsulotlarimizdan foydalanmoqda. Yaxshi yangiliklardan - bizning muhandislarimiz va tahlilchilarimiz hozirda bank va kredit sohalari, geomarketing va reklama biznesi uchun yangi modellarni ishlab chiqish ustida faoliyat olib bormoqdalar. Kuzda koʻplab gʻoyalarimiz mavjud. Biz bozorga ikkita yirik va muhim hamkorlik loyihalarini taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz. Birinchisi, shifokorlar va tibbiyot sohasi mutaxassislari bilan masofadan turib yoki yuzma-yuz maslahatlashish imkoniyati bilan bogʻliq: maʼlum bir klinikada yozilish, kerakli dori-darmonlarni qidirish, testlar oʻtkazilish joyini izlash va hatto veterinariya savollarini berish. Umid qilamizki, ushbu loyiha eng chekka hududlardagi odamlarga ham oʻz savollarini tezda hal qilishda yordam beradi. Ikkinchi loyiha - idrokli masofaviy taʼlim. Biz turli yoshdagi odamlar uchun zamonaviy fanlarni oʻqitish uchun platformani ishga tushirmoqchimiz. Buning uchun bozor oʻrganildi, unda ish olib borayotganlar bilan oʻnlab suhbatlar oʻtkazildi va abonentlar orasida soʻrovlar oʻtkazildi. Bizning strategiyamiz doirasida “Dunyoni raqamli va qulay qilish!” taʼlim loyihasi muhim tarkibiy qismga aylanishi kerak. Hamkorlar bilan birgalikda va Big data asosida abonent uchun uning dastlabki bilim darajasini hisobga olgan holda individual dastur yaratishni rejalashtirmoqdamiz.

Reklama huquqi huquqi asosida

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Beeline Uzbekistan” rahbari: “Biz qadr-qiymatni qogʻozdagi raqamlarga emas, abonentlarning ehtiyojlariga qarab yaratamiz”