Muzeylar – yurt koʻrki. Ular tarix, madaniyat, maʼrifat, sohalarning taraqqiyot bosqichi haqida soʻzlaydi.

18-may – Xalqaro muzeylar kuni

Oʻzbekistonga kelgan xorijlik mehmon borki, yurtimizdagi muzeylar faoliyati, undagi nodir osori-atiqalar bilan tanishmay qolmaydi.

Yurtimizda qabul qilingan tegishli dasturlar asosida muzeylar faoliyatini zamon ruhiga monand yoʻlga qoʻyish, moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bularning bari muzeylarimiz ishi takomillashuvida, ularga tashrif buyuruvchilarning safi kengayishida muhim omil boʻlmoqda. Koʻpincha moziygohlarga bolalarning oʻz ustozlari bilan birga saf-saf boʻlib kelayotganining guvohi boʻlamiz. Ha, muzeylar ochiq dars oʻtish, qoʻshimcha mashgʻulotlar, ekskursiyalar tashkil etishda, oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishda yaxshi imkoniyatlarni ochib bermoqda.

Sayyohlaru oʻquvchilar qadami uzilmaydigan muzeylarga biz kattalar qanchalik tez-tez boramiz, umuman, hech borganmizmi?

Zamon tezkor, vaqt tigʻiz. Baʼzan shoshilinchda koʻchada mashina toʻxtatishga toʻgʻri kelib qolgan paytlar ham boʻlgan.

– Tarix muzeyini yoniga, – deyman shoshilib.

Koʻpincha haydovchilarning qosh-qovogʻini uyib, “qayerda edi, qarang, muzeylarni bilmas ekanman. Bormagandan keyin bilmaydi-da odam...“ degan javobiga duch kelaman. Ha, shofyor bozorni bilsin, savdo rastalariyu toʻyxonalarni, restoranlarni bilsin... Oʻsha joylarga koʻplar oʻzini koʻproq uradi. Muzeyda nima bor? U yerda pul yoʻq, “tirikchilik“ yoʻq, ijtimoiy tarmoqlardagi kabi vasvasa, oldi-qochdi gʻiybatlar yoʻq... Haydovchining fikrini uqqandekman. Kulishni ham, kuyishni ham bilmaysiz.

Aslida bor bebaho boylik, bilim, maʼrifat, maʼnaviy, madaniy merosning bari muzeylarda-ku! Bugungi kunda ushbu maʼrifat maskanlarida oʻz kasbiga chindan sodiq, eng fidoyi odamlar mehnat qiladi, desak bu ham ayni haqiqat. Yurtimizga kelgan xorijiy mehmonlar bilan suhbatlashganda ularning Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi muzeylari va boshqa maʼrifiy maskanlar, ochiq osmon ostidagi moziygohlar haqida toʻlqinlanib soʻzlaganining guvohi boʻlish mumkin. Darhaqiqat, muzeylarimizdagi eksponatlarning azbaroyi boyligi va rang-barangligidan ularning aksariyati bilan bir kunda toʻlaqonli tanishib chiqishning iloji ham yoʻq.

Madaniyat vazirligi tomonidan muzeylarga virtual sayohat qilish, Milliy muzey jamgʻarmasi elektron katalogini yaratish va uni ishga tushirish yuzasidan koʻplab xayrli ishlarga qoʻl urildi. Sohaga taalluqli bir qator loyihalar, ezgu tashabbuslar ham boshlangan.

Karantin qoidalari astalik bilan yumshatilmoqda. Kuni kelib sirli xastalik bari bir yengiladi. Muzeylarga yana odamlar kela boshlaydi. Zero, moziygohlar tafakkurimiz boyishi, dunyoqarash kengayishi, bilimlarning ortishida ishonchli manba.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BEBAHO MASKAN
Маданият
17:02 / 18:05:2020