Mamlakatimizda ishsizlikning oldini olishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, joriy etilgan yangi tizim “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar, ayniqsa, ayollar va yoshlarning bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni tugatish Sirdaryo viloyatida ham bugunning eng dolzarb masalasiga aylandi.

Yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi, ayniqsa ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash borasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Lekin guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deganlaridek, viloyatdagi ayrim rahbarlar yangi ish o‘rinlari yaratish haqida o‘ylab boshlarini qotirgisi yo‘q. Bu ham yetmagandek, mavjud, ya’ni vakant ish o‘rinlarini yashirish holatlari ham uchrayapti.

O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning ishsizlikdan himoya qilinishi, erkin kasb tanlashi va xavfsiz sog‘lom mehnat sharoitlarida mehnat qilish huquqi mamlakatimizning Bosh qomusi – Konstitutsiyada aniq belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga va Adliya Vazirligida 1999 yil 22 dekabrida 858-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Mehnat organlariga bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar)ning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va bo‘shatilishi mo‘ljallanayotgan xodimlar haqidagi axborotni taqdim qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan. Talablarga muvofiq, kichik biznes korxonalaridan tashqari, barcha korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi bo‘sh, ya’ni vakant ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-sanasidan kechiktirmay mahalliy mehnat organlariga hisobot oyining yakuniga ko‘ra elektron ko‘rinishda taqdim etishi, oldindan ikki oydan kechiktirmasdan bo‘shatilishi mo‘ljallanayotgan har bir xodim to‘g‘risidagi axborotlarni tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga berishi shart ekanligi belgilangan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Sirdaryo viloyatidagi 998 ta korxona tashkilot va muassasa ham xuddi shu ko‘rinishdagi hisobotlarini har oy yakuni bo‘yicha hududiy mehnat organlariga elektron tarzda yuborishi shart.

Lekin 2020 yil dekabr oyi uchun 2021 yil 5 yanvarigacha 20 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasa mazkur hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish choralarini ko‘rmagan(?). Natijada Davlat mehnat inspektorlari tomonidan MJtK ning 229-moddasi birinchi qismiga asosan, ma’lumot bermagan tashkilotlarning mansabdor shaxslari 60 million so‘mga yaqin ma’muriy jarimaga tortildi.

...Xalqimizda, kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan naql Sirdaryo viloyatidagi ba’zi korxona, tashkilot va muassasalarining rahbarlariga nisbatan aytilgan bo‘lsa, ajab emas. Davlat mehnat inspeksiyasi tajribali mutaxassislarida hisobotlari shubha uyg‘otgan ayrim tashkilotlardagi holat atroflicha o‘rganildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida esa haqiqatdan ham bir qator tashkilotlarda mavjud vakant bo‘sh ish o‘rinlari hisobotlarda ko‘rsatilmay, yashirilganlik holatlari aniqlandi.

Har qanday katta-kichik tashkilot, korxonadan belgilangan muassasaga chiqarilayotgan hujjat, xat yoki oddiy ma’lumot bo‘lsin, mutasaddi rahbar bu hujjatdan xabardorligi bo‘lsagina, u belgilangan manzilga yuborilishi ma’lum.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli avtoxo‘jalikda o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida 0,50 shtat birlikda xomashyo hisobchisi, 0,50 shtat birlikda yurist, 0,50 shtat birlikda elektromontyor, 1,0 shtat birlikda 3-toifali haydovchi, 1,0 shtat birlikda Oqoltin tumaniga mexanik, 0,50 shtat birlikda Boyovut tumaniga motorist, jami 4,0 shtat birlikdagi ish o‘rinlari vakant ekanligi va hisobotda bu shtat birliklari ko‘rsatilmay yashirilganligi aniqlandi.

Bunday tashkilot rahbari va u yerdagi mutasaddilar viloyatda yagona bo‘lganida, buni oshkor qilmay, o‘zimizni ko‘rmaslikka olib qo‘ya qolardik. Afsuski, xuddi shunday holat viloyat musiqali drama teatri, “O‘zbekfilarmoniya” viloyat filiali, viloyat madaniyat boshqarmasi hisobotlarida ham yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Qonun oldida hamma barobar. Amaldagi qonunni buzdikmi, endi javob berishga majburmiz. Yuqorida nomlari zikr etilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi bo‘yicha xulosa qilingan.

Aholi bandlini ta’minlash davlat siyosati darajasiga aylangan bir vaqtda, mavjud bo‘lgan vakant shtatlarni yashirgan rahbarlarning bu harakatini qanday baholash mumkin?

A.Qayumov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ba’zi mansabdor shaxslar bo‘sh ish o‘rinlarni yashirgani uchun jarimaga tortildi