14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro viloyatining Olot tumanidagi mudofaa ishlari bo‘limi ma’muriy binosi mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.

Mazkur bino ta’miri uchun 1 milliard so‘m mablag‘ moliyalashtirilib, pudratchi Sunnatillo Madatov boshchiligidagi “Xumin universal stroy” MCHJ binokorlari tomonidan kapital rekonstruksiya ishlari olib borildi. Bugunga kelib ikki qavatli zamonaviy qiyofadagi, talab darajasida jihozlangan o‘quv-mashg‘ulot, navbatchilik, chaqiruv punkti va boshqa ma’muriy xonalarga ega  mudofaa ishlari bo‘limi binosi qayta chiroy ochdi.  

Bugun olis tumanda yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhda tarbiyalashdek xayrli maqsadga xizmat qiladigan yangi inshootni foydalanishga topshirish tadbirida harbiylar, viloyat  mudofaa ishlari boshqarmasi, tuman hokimligi mutasaddilari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirda so‘zga chiqqan Janubiy-G‘arbiy maxsus okrugi qo‘mondoni, general-mayor Farhod Shermatov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Botir Ahmedov, nuroniylar vakili Saidquli Oqiyev va boshqalar barchani 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va zamonaviy inshoot bilan samimiy tabrikladi. Bundan tashqari, milliy armiyamiz kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarni barkamol ulg‘ayishida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi