Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazi yil davomida nufuzli uchrashuvlar, xalqaro anjumanlarga mezbonlik qiladi. Bu yerda o‘tgan navbatdagi tadbir ulardanda fayzli, hashamatli bo‘ldi. Harqalay, mehmonlarning ko‘pchiligi shu fikrda.

Bir haqiqat bor – mehribon onalar, qadrli opa-singillar, lobar qizlar jam bo‘lgan dargoh hamisha fayzli bo‘ladi.

Bu yerda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Mamlakatimiz ayollariga tabrik yo‘lladi.

Farzandini dunyoga keltirib, oq sut bergan, mehrini ayamay voyaga yetkazgan ona siymosi har qancha hurmat qilinsa, shuncha oz. Tadbirda inson qadrini ulug‘lash, avvalo, aziz-u mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanishi kerakligi ta’kidlandi.

Bayram tantanasi davomida tadbir ishtirokchilarining ba’zilari bilan suhbatlashdik.

Anor MAHMUDOVA, Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 5-maktab direktori, O‘zbekiston Qahramoni

– Bu bahor katta yangiliklar, tarixiy voqealar bilan boshlandi. Prezidentimiz 29-fevral kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumaniga borib, yangi ko‘prikning ochilish marosimida ishtirok etdi. Hozir bu gapni shunday, oddiygina aytib qo‘ymoqdaman. Lekin bu juda ulkan iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega inshoot sanaladi. Buni his qilish kerak. Daryoning ikki tomonidagi ming-minglab aholining quvonchini tasavvur qiling. Yana bir yaxshi xabar – viloyatimizda chet ellik investorlar bilan hamkorlikda qiymati juda katta o‘nlab loyihalar ishlab chiqilgani aytildi. Ular amalga oshsa qancha odam ishli bo‘ladi, qancha oila baxtiyor bo‘ladi? Yana bir quvonarli xabar, Tuproqqal’ada 100 megavattlik quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Bu loyihaning ahamiyatini sohadan uzoq odam ham yaxshi tushunadi. Endi bugungi fayzli uchrashuv haqida gapirsam. Davlat rahbari mamlakatimizda xotin-qizlarga e’tibor masalasi har doimgidan ham yuqori bo‘lishini alohida ta’kidladi. Bu bo‘yicha aniq, istiqbolli tashabbuslarni ilgari surdi. Shunday ahd va shahdni eshitib xursand bo‘lmay bo‘ladimi?! Ilohim, har faslimiz mana shunday yaxshi yangiliklar, ezgu tashabbuslarga boy bo‘lsin.

Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

– Keyingi yillarda mamlakatimizda qizlarimizning oliy ta’limga qamrovini oshirish masalasiga juda katta e’tibor qaratildi. Gap quruq bo‘lmasin – bugun oliygohlarda ta’lim olayotgan 1 million 300 ming nafarga yaqin talabaning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etmoqda. Magistraturada o‘qiyotgan yoshlarimiz orasida qizlarning ulushi oltmish foizga yetdi. Bu salkam 14 ming nafar ilm yo‘lidan borayotgan xotin-qizlar degani. Davlatimiz rahbari tabrigida bu raqamga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Natija o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Unga erishish uchun xotin-qizlarni ijtimoiy, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga ahamiyat berildi. Masalan, ehtiyojmand oilalarga mansub xotin-qizlar qo‘shimcha davlat granti bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmoqda. Ular uchun imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilyapti. Ijtimoiy himoyaga muhtojlarining kontrakt pulini qoplab berish tizimi ishlayapti. Ertamiz egalari – yosh avlod tarbiyasi qizlarimizning aql-zakovatli bo‘lishiga bog‘liq. Prezident ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xotin-qizlarimizning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratishda davom etamiz, dedilar. Oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan bir mas’ul sifatida, bu islohotlarning amalga oshishi uchun bor imkoniyatimizni ishga solib harakat qilishimizni ta’kidlamoqchiman.

Azizaxon ABDUQAHHOROVA, Andijon viloyatining Xonobod shahridagi Yangi hayot mahallasi mahalla raisi

– Men yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldor insonman. Prezidentning mamlakatdagi eng quyi bo‘g‘in – mahalladagi o‘zgarishlarga mas’ul vakiliman. Buni yurakdan, faxr bilan aytaman. Davlatimiz rahbari yaqinda, 16-fevral kuni mahallamiz aholisi hayoti bilan tanishdi. Mahalla “yettiligi” bilan erinmasdan suhbatlashdi. Bundan kuch olmay, ruhlanmay bo‘ladimi?! Mahallamizda 3 ming 500 dan ortiq aholi yashaydi. Hududimizdagi mavjud dam olish maskanlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari hamda tomorqa xo‘jaliklarida aholi ish bilan band. Ayni paytda 30 nafardan ortiq ishsiz fuqaromiz bor. May oyigacha ularning ham bandligini ta’minlaymiz. Bu borada aniq rejalarimiz bor. Bunday tahliliy ma’lumotlar, individual dasturlar tayyorlash uchun bizda barcha imkoniyatlar bor. Prezident mahallamizni respublikada namuna bo‘lsin deya ishonch bildirdi. Shunday bo‘lishi uchun bor kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz. Gapimizni ba’zi statistikalar bilan asoslashga harakat qilaylik. Davlatimiz rahbari nutqida joriy yilda 9 ming 442 ta mahalladagi 580 ming nafarga yaqin ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash masalasiga to‘xtaldi. Buning uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi aniq qayd etildi. Shuningdek, xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha alohida dastur qabul qiliniishi aytildi. Ayol ilmli, o‘z ishiga ega bo‘lsa, oilasida baraka va xotirjamlik bo‘ladi. Oilalari bekam-u-ko‘st mahalla obod bo‘ladi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mahallalar obodligi yurtning taraqqiyotini ko‘rsatadi.

Kamola IRISQULOVA, Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti

– Bu yilgi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar safida o‘zimni ko‘rib qanchalar xursand bo‘lganimni tasvirlab bera olmayman. Bugun mukofotni Prezidentimizdan shaxsan qabul qilganim undan ham quvonchli bo‘ldi. Menga bildirilgan mas’uliyat yukini his qilyapman. Endi yanada yaxshi o‘qishim, izlanishim kerak. Hozir avtomobil yo‘llarini loyihalashni avtomatlashtirish, qurishni takomillashtirish va ekspluatatsiya davrini uzaytirish bo‘yicha izlanishlar olib boryapman. Bu bo‘yicha innovatsion loyihalarim mavjud, ularning ba’zilariga patent ham olganmiz. Prezidentimiz ishtirokidagi har bir tadbir va uchrashuvlarni diqqat bilan kuzatib boraman. Yaqinda poytaxtimizning Fayzobod mahallasida joylashgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limining mutlaqo yangi uslubda ishlovchi zamonaviy diagnostika markazini borib ko‘rdi. Markaz faoliyatini tashkil etishda Germaniya, Belgiya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar shaharlarining ekologik muhitini muhofaza qilish sohasidagi ilg‘or tajribasi inobatga olingani aytildi. Shu yerda poytaxtning gavjum chorrahalar va ko‘chalarini tartibga solish, bu orqali tirbandliklarni bartaraf etishga oid loyiha ham taqdimot qilindi. Shu sohaga doir izlanishlar bilan shug‘ullanuvchi sifatida davlatimiz rahbari qanday loyihalarni amaliyotga keng joriy etish lozimligini istayotganini his qildim. Bu menga o‘z kasbimda katta natijalarga erishishim uchun o‘ziga xos dalda bo‘ldi.

O‘zA muxbiri Ikrom AVVALBOEV yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram taassurotlari: har fasling yaxshi yangiliklarga boy bo‘lsin, yurtim!