Yurtimizda Yangi yil, Navro‘z, Mustaqillik kabi shonli bayramlarda aholi dasturxonlariga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavotlarni yetkazish maqsadida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi yarmarkalarini tashkil etish xayrli an’anaga aylangan.

Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi gavjum maskanlar hamda bozorlar atrofida ham bayram savdo rastalari xaridorlarni chorlamoqda.

Xususan, Namangan shahrining “Istiqlol” ko‘chasidagi yarmarkada dehqon, fermer xo‘jaliklari va boshqa ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar o‘zlari yetishtirgan mahsulotlari bilan rastalarni to‘ldirishdi.  

Savdo yarmarkalarida fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari hamda ishlab chiqaruvchilar tomonidan kartoshka, sabzi, piyoz, guruch, go‘sht, un, shakar, o‘simlik yog‘i, tuxum, va sut mahsulotlari, bayram dasturxonini to‘kin qilishga yetarli olma, sitrus mevalar singari nozu ne’matlar maqbul narxlarda sotilmoqda. Bunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish, muhimi xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish ko‘zda tutilgan.

Tashkil etilgan savdo yarmarkalariga kuniga Uychi, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlari tomonidan olib kelingan 13 tonna mol go‘shti, 12 tonna qo‘y go‘shti va 12 tonna tovuq go‘shti, 155 ming dona tuxum, 12 tonna baliq, 2 tonna asal, 75 tonna guruch, 95 tonna kartoshka, 84 tonna piyoz, 110 tonna sabzi, 45 tonna turli xil mevalar, 34 tonna poliz mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

– Savdo yarmarkalarida har yili muntazam ravishda ishtirok etamiz. Aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sakkiz turdagi oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarining zaxirasi mavjud, – deydi “Chorsu” dehqon bozori aksiyadorlik jamiyati qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassisi Olimjon Musayev. – Masalan, ayni paytda yarmarkada tuxum 1100 so‘m, bir kilo mol go‘shti 70 ming so‘m, kartoshka 5000 so‘m, sabzi va piyoz 2000 so‘m, guruch 15 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Asosiy maqsadimiz Yangi yil bayrami arafasida ichki iste’mol bozorlarini asosiy turdagi oziq-ovqatlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli to‘ldirishga yaqindan hissa qo‘shishdir.

Arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo rastalarini ko‘zdan kechirgan Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov yarmarka faoliyatini yanada kuchaytirish, mahsulotlar turi va hajmini kengaytirish, aholiga sifatli mahsulotlar yetkazilishini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari 2025 yilning 5 yanvariga qadar davom etadi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram dasturxoni to‘kin bo‘ladi