Mamlakatimizning barcha hududlari singari Nukus shahri aholisi ham eng ulug‘, eng aziz bayram O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligini barcha sohalarda katta yutuqlar bilan qarshi olmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 806,3 milliard so‘m bo‘lgan 48 ta loyiha ishga tushirildi va 561 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, 88,3 million AQSH dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilindi.

Hududiy dastur doirasida 2025 yilda jami qiymati 2,3 trillion so‘m bo‘lgan 107 ta loyiha ishga tushirilishi va 2 ming 471 ta yangi ish o‘rnini yaratish rejalashtirilgan. Shundan bugungi kunda qiymati 806,3 milliard so‘m bo‘lgan 48 ta loyiha ishga tushirildi va 561 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Jumladan, “Karakalpak Basaltwool” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan loyiha qiymati 50,0 million dollarlik bazalt mineralidan issiqlik saqlovchi material ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi joriy yilning fevral oyida ishga tushirildi. Natijada 300 ish o‘rni yaratildi va iyul oyidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Ozarbayjon davlatining Boku shahriga eksport qilina boshladi.

[gallery-24493]

“Long Water" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan  qiymati 1,5 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoy davlati investori hisobidan "SHILPIQ" brendi loyihasi amalga oshirilib, respublika bozorlari qadoqlangan sifatli suv bilan ta’minlanmoqda. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 50 ga yaqin ish o‘rni yaratildi.    

“Yuventa Nukus” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan esa loyiha qiymati 2 million dollarlik "Monte" brendi ostida muzqaymoq ishlab chiqarish loyihasi yaratilib, shu asosda respublika bozorlari sifatli sut mahsulotlari bilan ta’minlanishiga erishildi, 40 ga yaqin ish o‘rni yaratildi.  

Shuningdek, joriy yilning iyul-dekabr oylarida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Joriy yil davomida esa Investitsiya dasturi doirasida 9 ta ijtimoiy va infratuzilma ob’ektida jami 188 milliard 264 million so‘mlik qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, “Shodli ovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 43-sonli umumta’lim maktabiga qo‘shimcha 240 o‘rinli binoni qurish, “Turon” o‘yingohi hamda 4R176 Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir avtomobil yo‘lining 9,3-14,3 km, 4R174 Nukus-Xo‘jayli avtomobil yo‘lining 0-11 km qismlarini rekonstruksiya qilish, “Ko‘k o‘zak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida markazlashgan issiqlik qozonxonasi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali binosini yangidan qurish ishlari rejalashtirilgan, “Nukus” suv tozalash ob’ektida esa qurilish ishlari davom ettirilmoqda.      

Yangi qurilayotgan ob’ektlardan yana “Qumbiz ovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 26-sonli umumta’lim maktabining qo‘shimcha 330 o‘rinli binosi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali binosini aytib o‘tish mumkin. Shuningdek, “Nukus SSP Texnopark” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Ip yigirish, tayyorlash, tikish, trikotaj va gazlama materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonasiga elektr ta’minoti qurilmalari o‘rnatish ishlarini tender savdosiga qo‘yilishi mo‘ljallanmoqda.

Shahrimizda muhtoj fuqarolarni uy-joylar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘tgan yili bir qator keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, barpo etilgan 2 ming 951 xonadonli 56 ta, 1 ming 326 xonadonli 25 ta ko‘p qavatli uylar to‘liq qurib bitkazilib, o‘z egalariga topshirildi. Qolgan 1 ming 625 xonadonli 31 ta ko‘p qavatli uy joriy yil yakunigacha topshirilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Nukus shahrida joriy yilda 2 ming 73 xonadonga ega 38 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilmoqda. “Ochiq byudjet" elektron platformasi bo‘yicha 2025 yilning 1-mavsumida belgilangan 13 ta ob’ektga 19 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilib, bugungi kunda qurilish ishlarini boshlash choralari ko‘rilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 23 sentyabrda chiqarilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Nukus shahri hududidagi 8 ta  (“Tadbirkorlar hududi”, “Samanbay”, “Yashil bog‘”,  “Ota makon”, “Qutli makon”,  “Chimboy guzari”, “Bes tobe”, "Telemarkaz") mahalla fuqarolar yig‘inlarida umumiy qiymati 23,6 mililiard so‘mlik qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 7 ta mahalla hududida aholini qiynab kelayotgan tomorqa yerlarini sug‘orish tizimlarini yangidan qurish orqali ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Buning natijasida hududlarning tomorqa yerlarini sug‘orish tizimlaridagi muammolar ijobiy yechimini topib, bugungi kunda qurilish ishlari to‘liq yakunlandi va aholiga oqar suv yetkazib berildi. Bundan tashqari, ushbu hududlarda avtomobil yo‘llaridagi kamchiliklar, elektr energiyasini yaxshilash (SIP kabellarini tortish), transformatorlar o‘rnatish va boshqa ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 30 dekabrdagi "Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, shahrimizda joriy yilning bahor va kuz mavsumlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida 650 ming dona manzarali, mevali daraxt va boshqa ko‘chatlar ekish bo‘yicha ish-rejalar belgilab olindi. Shundan bahor mavsumida loyiha asosida 400 ming tup daraxt ko‘chati ekildi va bu ishlarni amalga oshirish uchun 123,8 gektar (104 kontur) yer maydoni tanlab olindi. Bugungi kun holatiga ko‘ra, 413 mingdan ortiq daraxt ko‘chati ekildi va shahrimiz hududiga kirib keluvchi yo‘llar, ichki yo‘llar bo‘ylab daraxt ko‘chatlarini ekish, ekilgan daraxt ko‘chatlariga shakl berish, oqlash, ariqlarni tozalash ishlari amalga oshirildi.  

Shahrimizning ekologik holatini yaxshilash maqsadida Obodonlashtirish boshqarmasi va O‘rmon xo‘jaligi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida ko‘chatlarni ekish va ularni yetkazib berish uchun ko‘chatxonalarda (pitomnik) manzarali, mevali daraxt ko‘chatlari  yetishtirilmoqda. Shuningdek, "Nao‘qan bag‘" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan ko‘chatxona tashkil etish uchun 1,5 gektar yer maydoni ajratiladi. Shu bilan bir qatorda, joriy yil davomida "Bo‘z ovul" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan “Hokimlik bog‘i” barpo etish uchun 1, “Telemarkaz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan “Yashil jamoat parki"ni barpo etish uchun 7, shuningdek, ushbu mahalla hududidan "Mening bog‘im" bog‘ini barpo etish uchun 2,5 ga yer maydonlari tanlab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 2 fevraldagi "Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, Nukus shahrida ham sharoiti og‘ir oilalar va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2 ming 894 ta uy-joyning tom qismini ta’mirlash (yopish) va 32 ta uy-joyni yangidan qurish ishlari belgilab berilgan. Ushbu ro‘yxatga kiritilganlar orasidan ta’mirga eng muhtoj deb topilgan 478 ta uy-joydan 438 tasining tom qismini ta’mirlash, yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi 32 ta uy-joyni yangidan qurib berish ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda kambag‘allikdan chiqarilgan oilalar 585 ta, aholi soni  2052 nafar kishini tashkil etadi. 2025 yilning 1 yanvarigacha kambag‘al oilalar 6,6 ming oila, kambag‘allik darajasi 8,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa,  2025 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, kambag‘al oilalar 5,4 ming, kambag‘allik darajasi 6,1 foizni tashkil etdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 12 fevralidagi “2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 20 ming 187 ta, shundan investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobidan 1 ming 711 ta, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 16 ming 861 ta, qishloq xo‘jaligidan 326 ta, qurilish sohasida 1 ming 289 ta ish o‘rinlari belgilangan. 6 oy yakuni bilan aholi bandligini ta’minlash rejasi 155,1 foizga bajarilib, 17 ming 290 ta ish o‘rni yaratildi.  

Shu davr mobaynida 714 nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlandi,  553 nafar yoshga "Yoshlar daftari" orqali ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatildi. 143 nafari zamonaviy kasb, IT va horijiy tillarga o‘qitildi, 238 nafar yosh kasb-hunarga o‘qitildi, shuningdek, 27 ming nafardan ortig‘i “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va sport musobaqalariga jalb etildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, bayramni munosib kutib olish bo‘yicha obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Mahallalarda, mehnat jamoalarida va o‘quv yurtlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Abatbay Daniyarov,

Nukus shahri hokimi,

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram arafasida Nukus shahrining yangicha qiyofasi